Grant taqsimotida örtaça GPA bali bir öquv yili böyiça hisoblanadimi yoki butun öqiş davri olinadimi?
❓Grant taqsimotida örtaça GPA bali bir öquv yili böyiça hisoblanadimi yoki butun öqiş davri olinadimi?
Ayni kunlarda oliygohlarda grantlarni taqsimlaş jarayoni ketmoqda.
Grant taqsimlaş — bu har yili yaxşi öqigan va faol bölgan kontraktdagi talabalar grantga çiqadi, yaxşi öqiy olmagan grantdagi talabalar kontraktga tuşadi, degani.
Şu jarayonda talabalar bir savol bilan tez-tez murojaat qilişmoqda. Yaʼni grant taqsimotida bir öquv yilidagi örtaça GPA bali olinişi kerakmi yoki butun öqiş davridagi (bir neça bosqiç baholari) örtaça GPA bali olinişi kerakmi?
Ayrim oliygohlar butun öqiş davrini olib hisoblayotgan ekan.
✅ JAVOB: amaldagi qonunçilikka köra, grant taqsimotida faqat muayyan bir öquv yili yakuni böyiça GPA körsatkiçi olinişi kerak.
Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim taşkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etiş va qayta taqsimlaş tartibi töğrisida Nizom.
Nizomdan köçirmalar:
2-bob. Taʼlim grantini tabaqalaştirilgan tartibda qayta taqsimlaş tartibi
13. Taʼlim grantiga talabgorlardan joriy öquv yilida özlaştiriş körsatkiçi böyiça GPA körsatkiçi 3,5 va undan yuqori bölişi talab etiladi.
Özlaştiriş körsatkiçi böyiça muayyan öquv yilidagi GPA körsatkiçi 3,5 dan past bölgan talabalarning taʼlim grantini tabaqalaştirilgan tarzda qayta taqsimlaşda iştirok etişiga ruxsat etilmaydi.
3-bob. Oliy taʼlim taşkilotlarida talabalarga qöşimça davlat grantini taqdim etiş tartibi
24. Davlat oliy taʼlim taşkilotlarining bakalavriat taʼlim yönalişlariga öqişga kirib, muayyan öquv yili böyiça GPA körsatkiçi 4 va undan yuqori bölgan, belgilangan toifadagi talabalarga navbatdagi öquv yili uçun qöşimça davlat granti taqdim etiladi.
4-bob. Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim taşkilotlarida talabalarga grant taqdim etiş tartibi
30. Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim taşkilotining bakalavriat taʼlim yönalişiga 2024/2025 öquv yilidan öqişga kirib, muayyan öquv yili böyiça GPA körsatkiçi 3,3 dan 4 gaça bölgan belgilangan toifadagi talabalarga navbatdagi öquv yili uçun oliy taʼlim taşkiloti granti taqdim etiladi.
Körib turganingizdek, barça grant turlarida, yaʼni töliq va töliq bölmagan taʼlim grantida ham, qöşimça davlat grantida ham, oliy taʼlim taşkiloti grantida ham faqat joriy (muayyan) öquv yili böyiça GPA körsatkiçiga qaraş kerakligi belgilab qöyilgan.
❓Nega joriy (muayyan) öquv yili olinişi kerak?
Bundan közlangan ğoya şundaki, aytaylik 1-bosqiçda juda yomon öqigan talabada ham har doim yaxşi öqiş uçun motivatsiya saqlanib qolinişi kerak. Balki u 2-bosqiçda xatolaridan töğri xulosa çiqarib, öz ustida işlab, hammadan yaxşi öqisa, unga grant berilişi lozim.
Agar butun öqiş davri uçun hisoblansa, unda grant taqsimotining maʼnosi qolmaydi. Masalan, 3-bosqiçda mendan yomonroq öqigan qaysidir talaba şunçaki 1 va 2-bosqiçdagi ballari evaziga yana grant olaveradi. Vaholanki, kiçik bosqiçlardagi özlaştiriş körsatkiçi uçun avvalgi yillarda grant taqsimlanib bölingan, har yili hisob yangidan boşlanişi kerak edi.
🔄 Grant taqsimoti va kursdan kursga ötkaziş boşqa-boşqa tuşunçalar
Bu joyda yana bir masalaga izoh beriş kerak. Talabani kursdan kursga ötkazişda bir yillik emas, balki butun davr uçun GPA olinişi kerak. Çunki özi GPA töliq taʼlim dasturining özlaştiriş körsatkiçini anglatadi. Agar kursdan kursga ötkazayotganda faqat bir yillik GPA ga qaralsa, unda talaba bitiruvçi kursga borganda bir neçta fandan qarzdor bölib borib qoliş ehtimoli katta. Ana unda tomoşaning va tuşunmovçilikning kattasi böladi.
✅ Xulosa:
grant taqsimotida — muayyan bir öquv yili böyiça GPA olinadi;
kursdan kursga ötkazişda — butun taʼlim dasturi böyiça GPA olinadi.
Agar grant taqsimoti natijasida grantga ötgan talaba kursdan kursga öta olmay qolsa, unda mantiqan olganda, grant bekor qilinadi va kontraktga tuşganlarning eng yuqorisida turgan talaba grantga çiqadi.
👉 @xushnudbek 👈

