Moliyaviy mustaqil oliygohlar har yili 1 mlrd sömgaça grant eʼlon qiladi

Matn15-mart, 2025, 16:051 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzHukumat qaroriga köra, GPA körsatkiçi 4 va undan yuqori bölgan ijtimoiy toifadagi talabalarga navbatdagi öquv yili uçun davlat granti beriladi.

Moliyaviy mustaqil oliygohlar har yili 1 mlrd sömgaça grant eʼlon qiladi

Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim taşkilotida GPA körsatkiçi 3,3 dan 4 gaça bölgan belgilangan toifadagi talabalarga navbatdagi öquv yili uçun oliy taʼlim taşkiloti granti taqdim etiladi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Bunda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim taşkilotlari har yili özlarining byudjetdan taşqari mablağlari hisobidan 1 mlrd sömgaça bölgan miqdorda oliy taʼlim taşkiloti grantini taqdim etadi.

Bunda oliy taʼlim taşkiloti granti taqdim etilgan talabaning GPA körsatkiçi:

3.3- 3,39 bölganda — tölov-kontrakt summasining 20 foizi;
3.4- 3,49 bölganda — tölov-kontrakt summasining 30 foizi;
3.5- 3,59 bölganda — tölov-kontrakt summasining 40 foizi;
3.6- 3,69 bölganda — tölov-kontrakt summasining 50 foizi;
3.7- 3,79 bölganda — tölov-kontrakt summasining 60 foizi;
3.8- 3,89 bölganda — tölov-kontrakt summasining 70 foizi;
3.9- 3,99 bölganda — tölov-kontrakt summasining 80 foizi miqdoridagi qismi uşbu oliy taʼlim taşkilotining byudjetdan taşqari mablağlari hisobidan qoplab beriladi.

Bunda talabgorlar öz arizalari bilan har yili 20-iyulga qadar oliy taʼlim taşkilotining rasmiy veb-sayti orqali röyxatdan ötadi. Natijalar har yili 5-sentyabrga qadar eʼlon qilinadi.

Maʼlumot uçun: bunday qöşimça grant beriladigan toifalar röyxati Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek