Sport

Guruhimizdagi vaziyat

Foto14-noyabr, 2024, 23:422 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Guruhimizdagi vaziyat

Biz 2-örinda qoldik. Raqiblarimiz 3 oçko yaqinlaşdi, Eron 3 oçko uzoqlaşdi.

1. 🇮🇷Eron — 13 oçko
2. 🇺🇿Özbekiston — 10 oçko
3. 🇦🇪BAA — 7 oçko
4. 🇶🇦Qatar — 7 oçko
5. 🇰🇬Qirğiziston — 3 oçko
6. 🇰🇵KXDR — 2 oçko

6-tur. Ikkinçi davra boşlanadi.

Birinçi davra tugadi, hamma bir-biri bilan öynab çiqdi.

Keyingi turda biz 19-noyabr kuni 🇰🇵KXDR bilan kuç sinaşamiz. Uçraşuv neytral maydon sifatida Laosda bölib ötadi.

BAA Qatarni qabul qiladi, Qirğiziston esa Eronni.

Bugungi öyin uçun yigitlarimizga katta rahmat! Öyin boşidanoq kutilmagan jarohatlar bizni muşkul vaziyatga solib qöydi, ayniqsa ruhiyatimizga taʼsir ötkazdi. Şunday bölsa-da, 2-0 vaziyatidan çiqi ketib, hisobni tenglaştira olişdi. Balki 2 ta goldan keyin yana hujumni va bosimni davom ettirib, tempni saqlaş kerakmidi, kim bilsin. Öyindan keyin gapirişga oson bu. Çunki biz yana gol urişimiz dargumon edi. Qatarning goli esa kutilmaganda oxirgi soniyalarda urildi, buni baribir tempga aloqasi yöq, çunki biz 102-daqiqada ham hujum qilayotgan bölmasdik baribir.

Xullas, bitta mağlubiyatdan katta fojia yasamaslik kerak. Asosiysi keyingi öyinda ğalaba qozonib, keyingi yil bahorgaça mustahkam örinda qolişimiz kerak. Hozir biz uçun eng muhimi şu.

👉 @xushnudbek 👈

  • 37 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. 6 daqiqa qöşib berilgandi

    0 koʻrish1 daqiqa

  2. Qöşib berilgan 12-daqiqada Qatar yana urib ketdi

    0 koʻrish1 daqiqa

  3. Abbosbeeeeeek!!!!!

    0 koʻrish1 daqiqa

Yana oʻqing