Sport

Özbekiston 3 ta öyinda 3 oçko olsa ham JÇga çiqa olmasligi mumkin, lekin 2 oçko olsa 100% JÇga çiqadi

Foto22-mart, 2025, 13:354 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Özbekiston 3 ta öyinda 3 oçko olsa ham JÇga çiqa olmasligi mumkin, lekin 2 oçko olsa 100% JÇga çiqadi

Özbekiston milliy terma jamoasining Jahon çempionatiga çiqiş imkoniyati qanday? Bu köpçilikni qiziqtirayotgan bölişi tabiiy. 3 ta öyin qolganda eng yaqin raqiblarimizdan 6 oçko oldindamiz. Bu esa biz 90% çiqdik, degani. Lekin aslida unaqa emas. Vaziyat ançagina murakkab.

Özbekiston hozir qiziq holatda.

✅ Bir qaraganda, barçasi juda oson. Masalan, uçala öyinda yutqazib, BAA va Qatar esa bironta öyinda yutqazmasa ham, JÇga çiqişimiz mumkin. Yaʼni asosiy raqiblarimiz bizni mağlub etişadi, lekin qolgan 2 ta öyinda durang öynaşadi. Şunda ularda 15 oçkodan, bizda esa 16 oçko böladi.

❌ Boşqa tomondan qaraganda esa, vaziyat öta qiyin. Çunki bizga öz uyimizda Qatarni mağlub etişimiz ham JÇga töğridan töğri çiqiş uçun yetarli bölmasligi mumkin, mehmonda yoki Erondan, yoki BAAdan oçko olişga ham majburmiz. Çunki biz Qatarni yutsak, 19 oçko böladi. BAA qolgan 3 ta öyinni yutsa, ularda ham 19 oçko böladi. Töplar nisbati esa BAAda yaxşiroq, demak, ular guruhda 2-örinni oladi🤦‍♂️

📆Taqvim

Eng avvalo taqvimni körib çiqamiz. Guruhda Eron 1-örinni olişi aniq, deb tasavvur qilamiz va 2-öringa daʼvogar 3 ta jamoa öyinlariga eʼtibor qaratamiz.

Eng oson taqvim, şubhasiz — BAAda. Eng qiyini — Özbekistonda.

🇦🇪BAA: Şimoliy Koreya (safar), Özbekiston (uy), Qirğiziston (safar);

🇶🇦Qatar: Qirğiziston (s), Eron (uy), Özbekiston (s);

🇺🇿Özbekiston: Eron (s), BAA (s), Qatar (uy).

Körib turganingizdek, BAAning 2 ta öyini autsayderlar bilan, bittasi esa öz uyida asosiy raqibi Özbekiston bilan. Arablarda 9 oçko oliş imkoniyati juda yaxşi.

Qatarda biroz murakkab, ularda Eron bilan ham öyin bor. Ammo katta ehtimol bilan Eron allaqaçon JÇga çiqib bölgan böladi va Qatar bunaqa holatda öz uyida forslarni yutişi ham mumkin. Şunda oxirgi turda Qatar Özbekistonga JÇga çiqiş yölidagi hayot-mamot jangi uçun kelişi ham mumkin.

Özbekistonda vaziyat qiyin. Eron va BAA bilan safarda öyin. Uşbu öyinlarda oçko oliş şart. Yöqsa, oxirgi turda Qatarni yana öta yirik hisobda (kamida 5-6 ta töp farqi bilan) yutişga MAJBUR bölişimiz mumkin. Dejavyu. Bunaqasini oldin ham körganmiz va uddalay olmaganmiz.

Va eng qiziği oxirgi turdan oldin 3 ta jamoada bir xil 16 oçkodan bölişi ham mumkin.

😎Yaxşi ssenariylar

Yaxşi ssenariylar ham bor. Masalan, biz qolgan uçta öyinda ğalaba qozonişimiz ham şart emas. Erondan yutqazsak ham mayli. Eng asosiysi BAA hamda Qatar bilan durang öynaşimiz kerak. Şunda 💯100% JÇga çiqamiz. Çunki bizning oçkolar 18 ta böladi hamda BAA va Qatar qolgan 2 ta öyinida yutsa ham, bizga yeta olmaydi. Körib turganingizdek, barçasi öz qölimizda. Şunçaki, asosiy 2 ta raqibimizdan 1 oçko bölsa ham olsak kifoya.

‼️JÇga çiqiş uçun eng oson yöl:

BAA va Qatar bilan kamida durang öynaş, yaʼni yutqazmaslik. Böldi, tamom.

Yana boşqa ssenariylar ham bor, ammo ular bizga boğliq emas. Yaʼni BAA hamda Qatar boşqa öyinlarda oçko yöqotadi. Masalan, qöşnilarimiz 🇰🇬Qirğiziston bizga syurpriz tayyorlab, öz uyida BAAdan ham, Qatardan ham oçko olib berişi mumkin.

😁Öta optimistik ssenariy böyiça, biz 3 kundan keyin ham JÇga rasman çiqişimiz mumkin. 2 ta variant bor:

1️⃣ Eron bilan durang öynaymiz, BAA hamda Qatar yutqazadi;

2️⃣ Eronni mağlub etamiz, BAA hamda Qatar esa yoki durang öynaydi, yoki yutqazadi.

Ikkala vaziyatda ham biz rasman JÇga çiqamiz. Qolgan 2 ta öyin, şunçaki, rasmiyatçilik uçun böladi. Albatta, bunga işoniş qiyin, ammo ehtimollar nazariyasida şunaqa imkoniyat yöq emas.

📝Xullas, yuqorida aytganimdek, bu safar barçasi Özbekistonning öz qölida. Boşqalarga boğliq joyimiz yöq. Kuçli va JÇga loyiq bölsak, buni uddalay olişimiz kerak. Agar hozirgi vaziyatda ham töğridan töğri çiqa olmasak, unda bilmadim, JÇga borişimiz şartmi özi, degan savol ham köndalang turadi.

🤲 Alloh yigitlarimizning yuzini yoruğ qilsin, ilohim.

👉 @xushnudbek 👈

  • 43 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Navröz bayramida dam oliş kunlari qanday bölgan?

    0 koʻrish2 daqiqa

  2. Bugun, 22-mart (şanba) kuni odatiy kun

    0 koʻrish1 daqiqa

Yana oʻqing