Tushuntirish

Harbiylarning farzandlari uçun qöşimça davlat granti asosidagi kvota taqsimoti

Foto29-iyul, 2024, 16:412 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Harbiylarning farzandlari uçun qöşimça davlat granti asosidagi kvota taqsimoti
#abituriyent

Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan harbiylarning farzandlari uçun qöşimça davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlarining taşkilotlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

❗️ESLATMA: mazkur imtiyozli kvota faqat birinçi yönaliş uçun amal qiladi. Ikkinçi, uçinçi va h.k. yönalişlarga taalluqli emas.

‼️ESLATMA-2: uşbu qöşimça kvota faqat kunduzgi taʼlim uçun taalluqli. Agar 2 foizli tavsiyanoma olgan harbiyning farzandi birinçi yönalişga sirtqi, keçki yoki masofaviyni tanlasa, unda imtiyozdan foydalana olmaydi. Albatta, birinçi yönalişga kunduzgini tanlaş kerak. Qolgan 2, 3, 4 va 5-yönalişlarga istaganini tanlaş mumkin.

❓Bu yerda faqat taşkilotlar nomi bor ekan, lekin na OTMlar, na yönalişlar yöq-ku?

Imtiyozli kvota OTMlar yoki yönalişlar kesimida emas, taşkilotlar kesimida berilgan. Bu qanday böladi?

Masalan, Mudofaa vazirligiga 775 ta joy berilgan. Aytaylik, Mudofaa vazirligi tizimidagi xodimlarning farzandlari uçun jami 2 mingta tavsiyanoma berilgan (bu şunçaki misol, aslida köp yoki kam bölişi mumkin). Ular qaysi OTMni birinçi yönaliş sifatida tanlagani muhim emas. Masalan, kimdir Yuridik universitetni, kimdir Tibbiyot akademiyasini, kimdir Moliya institutini tanlagan va h.k. Qaysi yönalişlarni tanlagani ham muhim emas.

Xullas, tanlagan oliygohidan qatʼi nazar, Mudofaa vazirligi tizimida tavsiyanoma olgan 2 ming nafar harbiylarning farzandlari töplagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 775 nafar abituriyent özi tanlagan birinçi yönalişga davlat granti asosida qöşimça kvotaga öqişga kiradi. Qolgan abituriyent esa özi töplagan bali böyiça umumiy tartibda barça bilan bellaşadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirişlari mumkin.

❓Harbiylarning farzandlariga berilgan tavsiyanoma ball qöşib beradimi?

Yöq, heç qanaqa ball qöşib berilmaydi. Ular özlari töplagan ball bilan bellaşadi.

‼️Uşbu imtiyozdan foydalaniş uçun abituriyent kamida 68 ball töplagan bölişi kerak. 68 dan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qöllanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek