Tushuntirish

Grant kvotalari haqida tuşuntiriş

Matn19-iyun, 2023, 13:311 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz20-iyundan OTMlarga onlayn qabul boşlanadi. Hozirça faqat davlat granti kvotalari maʼlum, kontrakt kvotalari va tillar kesimidagi taqsimot eʼlon qilinmadi.

Grant kvotalari haqida tuşuntiriş
#abituriyent

Mazkur masalada vazirlik masʼullari bilan boğlanib, aniqlik kiritildi.

Maʼlum qilinişiça, Prezident farmoyişi bilan tasdiqlangan 43 ming 783 ta davlat granti kvotasi umumiy tanlov uçun möljallangan. Bunga qöşimça ravişda imtiyozli toifalar uçun ajratilgan qöşimça grant kvotalari ham bor va bu umumiy kvotaga aralaşmaydi.

Masalan:

➖ Nogironligi bölgan şaxslar uçun umumiy qabuldan 2% li kvota (taxminan 5 mingga yaqin grant);
➖ Harbiy tavsiyanomalilar uçun qöşimça kvota (taxminan 2,5 ming grant);
➖ Xotin-qizlar uçun 2 mingta kvota;
➖ Mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari uçun umumiy qabuldan 1% li kvota (taxminan 2 mingdan ortiq grant);
➖ Harbiylarning farzandlari uçun davlat grantidan 2% li kvota (taxminan 680 ta);
➖ IIO xodimlari farzandlari uçun davlat grantidan 5% li kvota (taxminan 1700 ta);
➖ Bojxona xodimlari farzandlari uçun davlat grantidan 2% li kvota (taxminan 680 ta).

Şu kabi imtiyozli qöşimça kvotalar bilan qöşib hisoblaganda, joriy yilda davlat granti uçun jami 60 mingga yaqin kvota ajratiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek