Fikr

Hayajonli surat: Samarqand tibbiyot universitetiga öqişga kirgan qiz va ota-ona mehri

Foto27-avgust, 2022, 23:411 daqiqa0 koʻrish

Hayajonli surat

@xushnudbekuz kiçik kanalimda abituriyentlar öz natijalari bilan örtoqlaşmoqda. Şunda mana bu surat eʼtiborimni tortdi.

Uşbu singlimiz Samarqand tibbiyot universitetiga öqişga kiribdi. Natijasidan skrinşot olayotganda yuqorida "Dadajonim" va "Akam" degan kontaktlardan xabarlar kelgani körinib turibdi. Singlimizning dadalari ham natijani yuborgan ekanlar.

Davomidan nima yozilganini taxmin qiliş mumkin: "Katta rahmat, ona qizim, umringizdan baraka toping, öqişga kirganingiz bilan tabriklayman. Tağin grantga emas, kontraktga kirdim, deb öylanib ötirmang, özim yemasam ham, kiymasam ham, Sizni albatta öqitaman. Yuzimni yoruğ qilganingizdan yana bir bor minnatdorman", degan bölsalar kerak hoynahoy.

Qizlarini öqitadigan ota-onalar omon bölişsin, ilohim.

Özi umuman farzandining taʼlimi uçun jon kuydiradigan ota-onalarga, şuningdek, yaxşi öqib, ota-onasining yuzini yoruğ qiladigan farzandlarga katta rahmat! Sizlar bor, yurtimiz kelajagidan xavotir olmasa ham böladi.

P.S: sizlar ham öz natijangizni @xushnudbekuz kanalining muhokama guruhida qoldirişingiz mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek