Hayit va Navröz bayramida dam oliş kuni qanday böladi?
❓Hayit va Navröz bayramida dam oliş kuni qanday böladi?
Eng avvalo, taʼkidlaş joiz, Ramazon hayitining kuni hozirça rasman maʼlum emas. Ammo 20-mart, juma kuniga töğri kelişi kutilmoqda. Bu yangi oy körinişiga qarab eʼlon qilinadi.
Navröz bayramida esa dam oliş kuni oldindan maʼlum. 2025-yil 24-dekabrdagi PF-257-sonli Prezident farmoniga köra, Navröz bayrami şanba kuniga töğri kelgani uçun, 5 kunlik iş haftasida işlaydiganlar uçun 23-mart (duşanba) ham dam oliş kuni, deya eʼlon qilingan. Ammo 6 kunlik iş haftasidagilar uçun duşanba iş kuni böladi.
Asos: Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, agar bayram kunlari dam oliş kuniga töğri kelib qolsa, unda dam oliş kuni bayramdan keyingi iş kuniga köçiriladi.
Xulosa: agar Ramazon hayiti 20-mart, juma kuniga töğri kelsa, unda dam oliş kunlari quyidagiça böladi:
✅✅ 20-mart, juma – Ramazon hayiti, barça uçun dam oliş kuni;
✅✅ 21-mart, şanba – Navröz bayrami, barça uçun dam oliş kuni;
✅✅ 22-mart, yakşanba – odatiy dam oliş kuni;
✅❌ 23-mart, duşanba - haftada 5 kun işlaydiganlar uçun dam, 6 kunliklar uçun iş kuni.
👉 @xushnudbek 👈
- 7 Telegram Stars


