Bugun hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketişga haqli
❗️Bugun hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketişga haqli
Mehnat kodeksining 187-moddasiga köra, bayram kunlari arafasida har kunlik işning (smenaning) davomiyligi barça xodimlar uçun kamida 1 soatga qisqartiriladi.
Ertaga 20-mart — Ramazon hayiti, dam oliş kuni sifatida belgilangan bayram. Demak, bugun, 19-mart kuni barça xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketişiga qonuniy haqqi bor.
ℹ️ Eslatib ötaman, bayramdan oldingi kuni işning (smenaning) davomiyligini qisqartiriş imkoni bölmagan uzluksiz işlaydigan taşkilotlarda va ayrim turdagi işlarda ortiqça işlaganlik xodimga qöşimça dam oliş vaqti beriş yoki xodimning roziligi bilan iş vaqtidan taşqari iş uçun belgilangan normalar böyiça haq tölaş orqali kompensatsiya qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 5 Telegram Stars

