Hayoti va soğliği bevosita xavf ostida qolgan bolalar ota-onasidan olib qöyiladi
❗️Hayoti va soğliği bevosita xavf ostida qolgan bolalar ota-onasidan olib qöyiladi
Bu böyiça qonun Prezident tomonidan imzolandi.
👮♂️ Unga köra, bolani zudlik bilan olib qöyiş fuqarolar özini özi boşqariş organining tegişli hujjatiga asosan profilaktika inspektori iştirokida amalga oşiriladi.
Bola olib qöyilganda, vakolatli davlat organi quyidagilarni taʼminlaşi şart:
🔹 zudlik bilan prokurorga xabar berişi;
🔹 bolaning vaqtinça joylaştirilişini taʼminlaşi;
🔹 fuqarolarning özini özi boşqariş organi tomonidan bolani olib qöyiş haqida hujjat qabul qilinganidan keyin 7 kun içida ota-onalik huquqini çeklaş töğrisida sudga daʼvo bilan murojaat etişi.
Bola ota-onasidan (ularning biridan) yoki uni öz qaramoğiga olgan boşqa şaxslardan olib qöyilganda, u quyidagi joylarga (joylaştiriş ustuvorligi tartibida) joylaştirilişi mumkin:
1️⃣ bolaning manfaatlariga muvofiq şart-şaroitlar yarata oladigan ota-onaning birinikiga;
2️⃣ bolaning qarindoşlarinikiga;
3️⃣ bolaga ğamxörlik körsatiş istagini bildirgan şaxsnikiga;
4️⃣ vakolatli davlat organining hisobida turgan şaxslarnikiga;
5️⃣ tibbiyot muassasasiga (bolaning soğliğida muammolar bölganda);
6️⃣ zöravonlikdan jabrlanuvçilar uçun ixtisoslaştirilgan
muassasalarga.
Agar bolani oilaga joylaştiriş imkoniyati bölmasa, uni ixtisoslaştirilgan muassasaga joylaştiriş eng oxirgi çora böladi.
❗️Mazkur qonun 2025-yil 15-maydan kuçga kiradi.
👉 @xushnudbek 👈



