Sport

Heç qanaqa ahamiyatga ega bölmagan öyinda Turkiya 3:2 hisobida AQŞni mağlub etdi

Foto26-iyun, 2026, 09:171 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Heç qanaqa ahamiyatga ega bölmagan öyinda 🇹🇷Turkiya 3:2 hisobida 🇺🇸AQŞni mağlub etdi.

Uşbu öyin qanaqa hisob bilan tugaşidan qatʼiy nazar AQŞ guruhda 1-örinni, Turkiya esa oxirgi örinni olişi aniq edi. Lekin şunday bölsa-da, ikki jamoa öta şiddatli va qiziqarli öyin namoyiş etişdi.

Ayniqsa Turkiya muxlislari oldida aybini yuviş uçun jon-jahdi bilan öynadi, oxirigaça kuraşdi. Natijada öyinning eng sönggi soniyalarida gol urib, ğalabani ilib ketdi.

Turk muxlislari juda xursand. Garçi ularning jamoasi guruhda oxirgi örinni olgan bölsa-da, ğalaba bilan uyga ketiş zavqi baribir boşqaça böladi. Bizga ham nasib qilsin.

Guruhdagi 2-öyinda 🇦🇺Avstraliya va 🇵🇾Paragvay 0:0 öynadi. Natijada ikkala jamoa ham 4 oçko bilan keyingi bosqiçga çiqişdi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 4 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek