Nega Turkiya mundialni tark etdi?
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzJahon çempionatida Braziliya Haitini 3:0 hisobida mağlub etdi. AQŞ Avstraliyani yutib, muddatidan oldin pley-offga çiqdi. Turkiya musobaqani tark etdi.❓Nega Turkiya mundialni tark etdi? Oxirgi öyinni yutsa, guruhdan çiqa olmaydimi?
#worldcup2026
Ayrim obunaçilarimizda şunaqa savol paydo bölibdi. Gap şundaki, Jahon çempionati nizomiga köra, agar ikki yoki undan ortiq jamoalarda oçko teng kelib qolsa, unda eng avvalo özaro öyinga qaraladi, töplar nisbatiga emas.
Turkiya guruhida AQŞ 6 oçko bilan guruhdan çiqib böldi. Avstraliya va Paragvayda 3 oçkodan bor, Turkiyada esa 0 oçko. Agar Turkiya oxirgi turda AQŞni 10:0 yutsa ham, narigi öyinda qanday natija bölişidan qatʼiy nazar, guruhda qolib ketadi. Çunki Turkiya Avstraliyadan ham, Paragvaydan ham mağlub bölgan. Oçko tenglaşsa ham, baribir befoyda.
Haitida ham şunaqaroq holat. Oxirgi turda 10:0 yutsa ham, baribir 3 oçko olgan Şotlandiyadan öta olmaydi, çunki özaro öyinda mağlub bölgan.
❗️TAVSIYA: endi bundan buyoğiga Jahon çempionatida hisob-kitoblar boşlanib ketadi. Qaysi jamoa qoldi, qaysi jamoa çiqdi, falon hisob bölsa, kim çiqadi, qaysi jamoalar eng yaxşi 3-örin böladi, pley-offda kim-kim bilan öynaydi kabi savollarga javob topiş kerak.
Bu kabi savollarga ÖzA tayyorlagan maxsus interaktiv jadvaldan osongina javob topişingiz mumkin.
Masalan, jadvalga Turkiya va Haitini 10:0 yutadi deb kiritib kördim, lekin ular baribir 4-örinda qolişdi.
Interaktiv jadvaldan foydalaning, sizga yordam beradi.
👉 @xushnudbek 👈

