Hukumat qarori: investor talablarni buzsa, loyiha töxtatiladi va yer olib qöyiladi
Hukumat qarori: investor talablarni buzsa, loyiha töxtatiladi va yer olib qöyiladi
Vazirlar Mahkamasining qaroriga köra, Toşkent viloyati Böstonliq tumani hududidagi 577 gektar yer maydonida qiymati 5 mlrd AQŞ dollarini taşkil etadigan umummavsumiy kurort majmuasini barpo etiş böyiça yirik investitsiya loyihasi amalga oşiriladi. Bunda uşbu yer maydoni ijara muddati tugagandan keyin yangi muddatga uzaytiriş böyiça ustuvor huquq bilan “Sea Breeze Uzbekistan” MÇJga 25 yilga töğridan töğri ijaraga beriladi.
Şuningdek, qarorda quyidagilar belgilangan:
➖ investor loyihani amalga oşiriş davrida va loyiha işga tuşgandan keyin çiqindi hamda oqova suvlarning Çorvoq suv ombori va Çirçiq daryosiga taşlanişiga yöl qöymaslik, oqova suvlarni Çirçiq şahri oqova suvlarni tozalaş inşootiga yönaltiriş çoralarini köriş majburiyatini oladi;
❌ Bunda uşbu talabga rioya etmaslik loyihani töxtatişga va yerga bölgan ijara huquqining bekor qilinişiga asos böladi;
➖loyiha hududida joylaşgan jismoniy va yuridik şaxslarga tegişli köçmas mulk obyektlari (qişloq xöjaligi va örmon xöjaligi yer uçastkalaridan taşqari) “Sea Breeze Uzbekistan” MÇJ tomonidan ularning mulkdorlari bilan kelişuv asosida sotib olinadi;
➖Boş prokuratura, Ekologiya hamda Quriliş vazirliklari qurilişda belgilangan talablar bajarilişini doimiy nazorat qilib boradi, jumladan, Çorvoq suv omboriga oqova suvlarni taşlaşga yöl qöymaslik böyiça qatʼiy nazorat örnatadi;
➖ Jumladan, Boş prokuror örinbosari S.I.Samadov loyihaning şaharsozlik va ekologik talablar asosida amalga oşirilişini taʼminlaş yuzasidan qatʼiy prokuror nazoratini örnatadi;
➖ “Sea breeze Uzbekistan” umummavsumiy kurort majmuasini barpo etiş böyiça respublika işçi guruhi tarkibi tasdiqlandi. Respublika işçi guruhi investor tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilişini monitoring qilib boradi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars


