Fikr

Huquqşunoslik fanidan test savollari böyiça

Matn29-iyul, 2026, 14:052 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Huquqşunoslik fanidan test savollari böyiça

Yurisprudensiya yönalişlari uçun asosiy fan tarixdan huquqşunoslik faniga özgartirilgandan keyin savollar saviyasi, darajasi va sifati böyiça eʼtirozlar tinmayapti.

Dastlabki yillarda bunday eʼtirozlar bölmadi, çunki boşida savol tuziş uçun manba va maʼlumot köp edi. Ammo 2 yildan keyin darsliklardagi deyarli barça maʼlumotlarni savolga aylantirib bölişdi va buyoğiga nima qilişni bilmay qolişdi. Eski savollarni takrorlamasdan yangi sifatli savol tuzişga ekspertlarning aqli yetmayapti, natijada öta kulgili va yurisprudensiya sohasi uçun ahmoqona savollar yaratilyapti.

Huquqşunoslik fanidan sifatli savol tuzuvçi ekspertlar maktabi şakllanmasdan, şoşmaşoşarlik bilan özgariş qilingani sezilib qoldi. Çunki boşqa fanlardan savollar sifati böyiça deyarli heç qanaqa eʼtiroz eşitmaymiz, eng katta muammo aynan huquqşunoslik fanida bölmoqda.

Yodingizda bölsa, avvalgi yillarda kodekslardagi sanksiyalardan (jazo çorasi) savol tuzişgani va bu aqlga siğmaydigan darajada katta xato ekanligi haqida bir neça marta yozgandim. Bunaqa savol tuzganlarni testga mutlaqo yaqinlaştirmaslik kerakligini ham söragandim.

2026-yilgi test sinovlari davomida ijtimoiy tarmoqlarda yana bir bor huquqşunoslik fani savollarining sifatsizligi masalasi keng muhokama qilinmoqda. Huquq fani öqituvçilari, advokatlar va boşqa huquqşunoslar ham bu haqida köp bora yozişdi.

Bunday sifatsiz savollar bilan yoş öquvçilarning huquq fanidan bilimlarini sinaş imkonsizligi, berilgan savollarni hatto tajribali yuristlar ham bilmasligi va bilişga majbur ham emasligi haqida yozişmoqda. Bu savollar, rahmatli ustoz Omonulla Madayev tili bilan aytganda, 15-20 yillar oldingi "farzandi yöq insonlar tomonidan tuzilgan” savollarga öxşaydi. Fikrlaşga, huquqni tuşunişga emas, asosan yodlaşga va xotiraga qaratilgan.

Yaqinda bir rasmiy tadbirda oliy taʼlim vaziri Qönğirotboy Şaripov va adliya vaziri Akbar Toşqulovni bir joyda körib qoldim va fursatdan foydalanib, uşbu masalani çuqurroq örganişni ulardan qayta iltimos qildim. Biri oliy taʼlimga kiriş imtihonlari uçun bevosita masʼul inson, ikkinçisi bölajak yuristlar uçun eng katta iş beruvçilardan va huquqiy taʼlim sohasining rivoji uçun masʼul şaxs.

Vazirlarimiz eʼtirozlardan xabari borligini va bu masala jiddiyligini aytib, albatta holatni batafsil örganib çiqib, tegişli çoralar körilişiga vaʼda berişdi. Kutamiz va yaxşi özgarişlarga umid qilamiz.

Joriy yilgi testlar tugab böldi, endi nimanidir qayta özgartiriş imkonsiz. Ammo heç bölmasa, kelgusi yillarda yana şunaqa holat bölmasligi uçun harakat qilişimiz kerak.

👉 @xushnudbek 👈

  • 19 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek