Tushuntirish

Ijarada turgan qizlarni uy egasi kvartiradan haydab çiqarayotgani aks etgan video sahnalaştirilgan bölib çiqdi

Foto12-oktabr, 2022, 14:302 daqiqa0 koʻrish

Ijarada turgan qizlarni uy egasi kvartiradan haydab çiqarayotgani aks etgan video aslida sahnalaştirilgan holda suratga olingan

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xabar berişiça, bu video Teleradio jurnalistikasi yönalişida 1-bosqiçda öqiydigan talaba tomonidan xolasining uyida kursdoşlari iştirokida suratga olingan.

Töğri, ayni şu video haqiqiy emas, balki uyuştirilgan bölib çiqdi. Ammo ijara bilan boğliq muammo borligi aniq. Videodagi holatlar hozir amaliyotda tez-tez uçrab turibdi.

Rossiyadan kelayotganlar sonining keskin köpayişi ortidan nafaqat talabalar, balki boşqa köplab ijaraçilar ham qiyin vaziyatda qolişdi. Çunki oddiy bozor qonuniyati işga tuşdi, talab köpaygaç narx oşib ketdi. Köpçilik uy egalari lafzida turmay, gapidan tonişni boşladi.

Nega? Çunki bizda ijara bozori deyarli töliqligiça oğzaki kelişuvga asoslangan. Özaro yozma şartnoma tuziş deyarli yölga qöyilmagan. Birinçidan, uy egalari soliqdan qoçişadi, ikkinçidan, şartnoma tuziş ortiqça ovoragarçilik va qoğozbozlik deb öylaşadi, uçinçidan, şunçaki bunaqa huquqiy madaniyat şakllanmagan.

Agar biz ijarani oğzaki emas, şartnoma orqali qiliş madaniyatini şakllantira olsak, buni qatʼiy nazorat qilişni boşlasakkina, muammo biroz kamayadi. Har holda “ertagayoq çiqib ket” yoki “bugundan narx oşdi” degan gaplar bölmaydi. Ikkala tomonning ham huquqi va majburiyatlari böladi. Davlat bu haqda köproq boş qotirişi kerak. Narxni sunʼiy uşlab turişga aralaşgandan köra, şartnoma tuzilgan yoki tuzilmaganini aniqlaş, jarayonni soddalaştiriş va köproq tarğibot qiliş bilan şuğullangan foydaliroq.

Lekin muammo töliq yöqolmaydi baribir. Çunki erkin bozorning öz qonuniyatlari bor. Dod desak ham, voy desak ham, özbekçilik qayerda qoldi, insofing bormi desak ham, foydasiz. Buni tan olişimiz kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek