Ikkinçi mutaxassislik uçun sirtqi taʼlim şakli saqlanib qolinadimi?
❓Ikkinçi mutaxassislik uçun sirtqi taʼlim şakli saqlanib qolinadimi? Yoki unda ham yopildimi?
✅ JAVOB: Ha, 2025/2026-öquv yilidan boşlab taʼlimning sirtqi şakliga qabul töliq tugatilişi taʼlimning barça yönalişlariga, şu jumladan, ikkinçi mutaxassislikka ham taalluqli.
❌ Şu munosabat bilan, ikkinçi mutaxassislik böyiça ham sirtqi taʼlim şaklida yangi qabul amalga oşirilmaydi.
🔰 Uşbu yönalişda taʼlim olişni istovçilar uçun kunduzgi, masofaviy yoki keçki taʼlim şakllarining mavjud taʼlim yönalişlari tavsiya etiladi.
▶️ Şu bilan birga, avvalgi yillarda sirtqi taʼlim şaklida ikkinçi mutaxassislikka qabul qilinganlar tahsilni belgilangan tartibda davom ettiradi.

