Oltinçi yönaliş uçun arizalar 25-sentyabrdan 3-oktyabrgaça qabul qilinadi
❗️Oltinçi yönaliş uçun arizalar 25-sentyabrdan 3-oktyabrgaça qabul qilinadi
‼️Ötgan safar yönaliş tanlaşni esdan çiqarib qöyganlar uçun ham imkoniyat berilmoqda
#abituriyent
Davlat qabul komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-öquv yili uçun bakalavriat taʼlim yönalişlarida vakant qolgan örinlarga qöşimça qabul amalga oşiriladi.
Bu imkoniyat 2 ta toifa abituriyentlar uçun beriladi:
1️⃣ 2025-yilgi kiriş imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori natija körsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmaganlar, yaʼni öqişdan yiqilganlar;
2️⃣ röyxatdan ötişning ikkinçi bosqiçida oliy taʼlim taşkiloti va bakalavriat taʼlim yönalişlarini tanlamagan abituriyentlar, yaʼni ötgan safar turli sabablarga köra yönaliş tanlaşni esdan çiqarib qöyganlar.
Uşbu 2 ta toifa uçun quyidagi imkoniyatlar beriladi:
➖davlat oliy taʼlim taşkilotlarida qolgan vakant bakalavriat taʼlim yönalişlariga tanlovda iştirok etiş uçun 2025-yil 25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (şu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn röyxatdan ötiş imkoniyati yaratiladi;
➖ röyxatdan ötgan abituriyentlar töplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda vakant örinlarga bazaviy tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi;
➖ röyxatdan ötiş jarayonida fanlar majmuasi mos bölgan bakalavriat yönalişini tanlaş imkoniyati beriladi;
➖ tanlov natijalari böyiça qaydnomalar 2025-yil 8-oktyabrga qadar çop etilib, tegişli oliy taʼlim taşkilotlariga talabalikka qabul qiliş böyiça hujjatlarni rasmiylaştiriş uçun yetkaziladi.
❓Qaysi yönalişda vakant joy borligini qayerdan bilsa böladi?
Umumiy qabul parametrlarida vakant örinlar qolgan bakalavriat taʼlim yönalişlari böyiça maʼlumotlar Bilim va malakalarni baholaş agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Boşqaça aytganda, abituriyent 6-yönalişni tanlayotgan payti fanlar majmuasiga mos bölgan hamda vakant joyi mavjud bölgan yönalişlar röyxati avtomatik çiqadi. Qayerdandir tekşirib yuriş şartmas. Agar tanlaş uçun bironta yönaliş çiqmasa, demak, öşa fanlar majmuasiga mos keluvçi bironta vakant joy yöq böladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 4 Telegram Stars


