Muhim

IMEI bilan boğliq huquqbuzarliklar uçun javobgarlik belgilandi

Matn30-noyabr, 2023, 10:311 daqiqa0 koʻrish

IMEI bilan boğliq huquqbuzarliklar uçun javobgarlik belgilandi

Senatning 47-yalpi majlisida xorijdan olib kelinayotgan yoki bloklangan uyali aloqa qurilmalariga maʼlum bir haq evaziga özgalarning IMEI kodlarini köçirib beriş holatlari köpayib borayotgani taʼkidlandi.

Qayd etilişiça, hozir birgina IMEI kodida 5011 ta, yana boşqa bir IMEI kodida esa 2347 ta SIM-kartalar bir vaqtda faol holatdaligi aniqlangan. Qonunçilikda bunday harakatlarni sodir etgan şaxslarga nisbatan biron-bir huquqiy taʼsir çorasini qöllaş belgilanmagan.

Şu sababli qonunçilikdagi mazkur böşliqlarni bartaraf etiş maqsadida Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga mobil qurilmaning xalqaro öziga xos identifikatsiya kodini yoki abonent qurilmasining identifikatsiyalaş modulini qonunga xilof ravişda özgartirganlik uçun maʼmuriy javobgarlik kiritilmoqda. Qonun senatorlar tomonidan maʼqullangan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek