Tushuntirish

Imtihonsiz «perevod» qilsa böladimi?

Matn20-iyul, 2024, 17:562 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

❓Imtihonsiz "perevod" qilsa böladimi?
#perevod

Yaqinda internetda bir video tarqaldi. Unda turdoş bölmagan yönalişlarga imtihonsiz öqişni köçiriş mumkinligi haqida aytilgan. Buni körgan minglab talabalarning yuragiga ğulğula tuşdi, halovati yöqoldi. “Nahotki men imtihonsiz osongina davlat oliygohiga öqişimni köçira olsam?” deya şirin orzularga berilişdi.

Lekin bu yerda siz bilişingiz kerak bölgan 3 ta masala bor:

1️⃣ Birinçidan, videodagi gaplar yangilik emas, uşbu tartib 2022-yildagi Prezident qarorida belgilangan, yaʼni 2 yildan buyon amalda.

2️⃣ Ikkinçidan, xususiy oliygohlardan hamda yurtimizdagi xorijiy OTM filiallaridan davlat oliygohlarining mos va turdoş bölmagan yönalişiga bir martalik "super-kontrakt" tölab, imtihonsiz köçiriş mumkin. Yaʼni bu yönalişga qarab 50 mln sömdan 250 mln sömgaça böladi.

Ötgan yilgi "super-kontrakt" narxlari bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/21116

❗️Lekin xorijdagi oliygohlardan mos va turdoş bölmagan yönalişga öqişni köçirib bölmaydi. “Super-kontrakt” evaziga ham.

3️⃣ Uçinçidan, mos va turdoş bölmagan yönalişga öqişni köçirayotganda 99% holatda talaba bitta kurs pastdan öqişni boşlaydi. Çunki öquv rejasidagi fanlardagi farqlar soni köp böladi.

Masalan, 1-kursni xususiy oliygohda öqib tugatgan talaba bir martalik super-kontrakt uçun pul topgan taqdirda ham, davlat universitetiga borganda 1-kursni yana qaytadan öqiydi, 2-kursdan davom ettirmaydi. Boşqaça aytganda 1 yil yöqotadi. Agar yuqori kurs bölsa, unda 2-3 yil yöqotişi ham mumkin.

Özi umuman öqişni köçirayotganda şunga alohida eʼtibor bering. Agar fanlardagi farqlar soni 4 ta va undan yuqori bölsa, unda siz bitta kurs pastga tuşişingiz mumkin.

Xullas, mos va turdoş bölmagan yönalişga öqişni imtihonsiz köçirişni xohlayotganlar mana şu jihatlarni inobatga olişi kerak. Agar bu şunçalar oson iş bölganda, 2 yildan buyon hamma şunaqa qilgan bölar edi.

Xorijdan esa umuman noturdoş yönalişga öqişni köçiriş taqiqlangan. Xorijdagilar albatta testga kiradi va yetarli ötiş balini olsa, öqişini köçiradi. Agar ötiş balini ololmasa, unda “super-kontrakt” orqali köçiriş mumkin.

2024-yilgi ötiş bali bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/24554

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek