Muhim

Inson huquqlari böyiça vakil (ombudsman)ning vakolatlari kengaytirildi

Matn29-noyabr, 2024, 16:261 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Inson huquqlari böyiça vakil (ombudsman)ning vakolatlari kengaytirildi

Inson huquqlari böyiça vakil (ombudsman) töğrisidagi qonunning yangi tahririga köra, ombudsman lavozimi uçun yoş çegarasi 25 yoşdan 30 yoşga oşirildi.

Şuningdek, ayni bir şaxs surunkasiga ikki martadan ortiq ombudsman lavozimiga saylanişi mumkin emasligi belgilab qöyildi.

Bundan taşqari, yangi tahrirdagi qonunda ombudsmanning taʼsir çoralari hamda vakolatlari ham kengaytirilgan.

Jumladan:

➖ ombudsman endilikda taʼsir çoralari sifatida ogohlantiriş, taqdimnoma, iltimosnoma va talabnomadan foydalanişi mumkin (bungaça u şikoyatni qabul qilişi, muammo holati bilan tanişişi, şikoyat asosida tergov boşlaşi hamda buzilgan huquqlarni tiklaş böyiça tavsiyalarni öz içiga olgan xulosa çiqarişi mumkin edi);

➖ombudsman, uning örinbosari va mintaqaviy vakillari har qanday vaqtda, heç qanday tösiqlarsiz va ogohlantirişsiz mahkumlar saqlanadigan joylarga taşrif buyurişi mumkin;

➖ombudsman huzurida qiynoqlar va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala yoki jazo turlarining oldini oliş maqsadida jamoatçilik guruhlari taşkil etiladi;

➖ozodlikdan mahrum etişga hukm qilingan şaxslar jazoni ijro etiş muassasalaridagi ombudsman qutilari orqali murojaat yöllaşlari mumkinligi belgilandi.

Qonun 15-noyabr kuni eʼlon qilindi va şu kundan kuçga kirdi.

👉@xushnudbek👈

  • 3 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek