Islomiy bank faoliyatini tartibga soluvçi qonun qabul qilindi
O’RQ-1126.pdf
PDF · 7,3 MB
☪️ Islomiy bank faoliyatini tartibga soluvçi qonun qabul qilindi
📑 Qonunga muvofiq, islomiy bank faoliyati bilan Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida şuğullaniş mumkin. Litsenziya çeklanmagan muddatga beriladi va litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boşqa şaxslarga ötkaziş taqiqlanadi.
Qonun bilan, quyidagi islomiy moliya operatsiyalari joriy etilmoqda:
🔹 foydani taqsimlaş şarti asosida mijozni moliyalaştiriş yoki pul mablağlarini jalb etiş – muzoraba;
🔹 vakillik şartnomasi orqali pul mablağlarini beriş yoki investitsiyaviy omonatlarga jalb etiş – vakala;
🔹 tovarni nasiyaga sotiş orqali mijozni moliyalaştiriş – murobaha;
🔹 tovarlar uçun oldindan haq tölaş orqali mijozni moliyalaştiriş – salam va istisno;
🔹 birgalikdagi faoliyat (şerikçilik) yuridik şaxslarning ustav kapitalida iştirok etişi orqali mijozni moliyalaştiriş – muşoraka;
🔹 mol-mulkni islomiy ijaraga beriş (sotib oliş huquqi bilan) kabilar.
👉 @xushnudbek 👈
- 11 Telegram Stars


