«Yangi bank» AJ tugatiladi, omonatçilarning kafolatlangan omonat summalari qaytarib beriladi
Bank-Press-Reliz-_2_.pdf
PDF · 92 KB
❗️“Yangi bank” AJ tugatiladi, omonatçilarning kafolatlangan omonat summalari qaytarib beriladi
Markaziy bank Boşqaruvining 2026-yil 15-yanvardagi 1/1-sonli qaroriga muvofiq, “Yangi bank” aksiyadorlik jamiyatining bank faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziyasi çaqirib olindi.
Mazkur qaror bank faoliyatida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça körilgan çoralar yetarli darajada samara bermagani, jumladan, ustav kapitali miqdorini qonunçilikda belgilangan eng kam talablar darajasiga yetkazilmaganligi, şuningdek, banklar va bank faoliyati töğrisidagi qonunçilikda nazarda tutilgan ayrim talablar bajarilmaganligi sababli qabul qilindi.
Şunga köra, bank faoliyatini örnatilgan tartibda tugatiş belgilandi hamda tugatiş komissiyasi tayinlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, jami mavjud 32 ming 526 nafar omonatçilarning 32 ming 153 tasiga kafolatlangan omonat summalari töliq qaytarib beriladi (omonatlar tölab berilişi böyiça aniq hisob-kitoblar Omonatlarni kafolatlaş agentligi tomonidan eʼlon qilinadi), 373 nafar fuqaro böyiça esa kafolatlangan omonat mablağlaridan qolgan qismi tugatiş komissiyasining qaroriga köra qonunçilikda belgilangan tartibda qaytariladi.
Omonat mablağlari böyiça kompensatsiya tölanişi böyiça batafsil maʼlumotni Omonatlarni kafolatlaş agentligining 55-550-05-00 raqamli ishonch telefoni orqali oliş mumkin.
“Uşbu masala Markaziy bankning doimiy eʼtiborida bölib, jarayon bosqiçma-bosqiç kuzatib boriladi va jamoatçilikka muntazam ravişda axborot berib boriladi”, — deyiladi rasmiy axborotda.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars


