Ismlar haqida qiziq statistika
Ismlar haqida qiziq statistika
Bugun Adliya vazirligi 2023-yil yakuni böyiça ayrim maʼlumotlarni eʼlon qildi. Masalan, ötgan yili 296 ming 957 ta nikoh qayd etilgan, şundan 243 ming 210 tasi (81,9%) 30 yoşgaça bölganlar örtasida, 1 ming 447 tasi (0,47%) esa 50 yoşdan oşganlar örtasida ekan.
2023-yilda 968 ming 140 nafar bola tuğilgan, ularning 501 ming 577 nafari öğil bolalar, 466 ming 563 nafari qiz bolalar bölibdi.
2023-yilda çaqaloqlarga qöyilgan ismlar böyiça ham statistika eʼlon qilindi. Bu haqda Muhrim yaxşi post yozibdi, öşani töliqligiça ulaşib qöya qolaman, marhamat:
“Adliya vazirligining maʼlum qilişiça, öğil bolalar orasida ketma-ket beşinçi yil Muhammadali ismi, qizlar orasida esa ketma-ket oltinçi yil Soliha ismi çempion bölibdi.
Muhammadaligaça öğil bolalar orasida Azizbek ismi gegemon bölgan, lekin oxirgi tört yilda bu ism önlikka ham kira olgani yöq. Umuman, 2020-yildan beri önlik faqat Abdulloh, Mustafo, Imron, Ibrohim va özagi Muhammad bölgan ismlardan iborat. Taqqoslaş uçun, 2014-2015-yilgi reytinglarda Asilbek, Umid, Ozod, Şohjahon, Sardor, Jahongir, Javohir, Uluğbek kabi ismlar köp bölgan.
Qizlar reytingi ham qiziq (quyida – grafikda). Masalan, 2013-yildan 2016-yilgaça Madina, Dilnura, Marjona, Sevinç, Malika, Farangiz, Eʼzoza, Umida kabi ismlar trendda bölgan; Eʼzoza va Malika 2018-yildan, Madina esa 2020-yildan öntalikka kirmay qöygan. Aksinça, Mubina 2014-yildan, Muslima(xon) 2015-yildan, Soliha(bonu) 2016-yildan, I(y)mona 2017-yildan, Şukrona 2018-yildan, Hadiça 2020-yildan beri trenddan tuşmaydi.
Ikki yildan beri Yasmina va Ifora ismlari ham trendda ekan (darvoqe, 2013 va 2014 da Jasmina 1-örinda bölgan). Bu yil Sumayya va Saʼdiya ismlari birinçi marta önlikka kiribdi. Mubina esa öntalikka kirgani 2014-yildan beri birinçi marta eng quyidan joy olibdi – 2024-yilda reytingdan çiqib ketadi-yov. Işqilib, bularga qarab maʼlum bir trendlar, tendensiyalarni köriş mumkin. Qiziq.
Bunaqa reytinglarning idealini, nazarimda, maʼlumotlarni Adliya vazirligidan olib, data-jurnalistlar, mustaqil tadqiqotçilar qilişi kerak. Qiziqroq tafsilotlar oçiladi.
Lekin, xohiş bölsa, tadqiqotçilargaça davlat taşkilotlarining özi ham buni zör uddalab qöyişi mumkin. Boya, şu mavzuda qöşnilarda ahvol qanday ekaniga qiziqib, gugllaş asnosida Qozoğiston Statistika byurosi saytiga kirib qoldim. “Maşhur ismlar” degan maxsus bir sahifasi bor ekan. 1944-yildan (!) Qozoğistonning har oylik ismlar reytingini körsa bölarkan. Dahşat!
Yana bir qiziq servisi – “Mendakalar qança?”. Ismingiz, yoşingiz, jinsingiz, millatingiz va yaşaş joyingizni kiritib (men şunçaki butun Qozoğistonni tanlab qöyaverdim), Qozoğistonda ismi va yoşi siznikidek qança odam borligini bilib olsangiz bölarkan. Masalan, Qozoğistonda jami 34 ta Xuşnud bor ekan, şundan 19 nafari özbek, şuning ham ikkitasi 34 yoşda ekan (biri özimizning Xuşnudmikin deb öylab qoldim), lekin butun boşli Qozoğistonda birorta ham Muhrim yöq ekan, umuman, mutlaqo! (alam, alam – lekin, boşqa tomondan, özimga motivatsiya ham-ku!).
Xullas, xohiş bölsa, nafaqat oxirgi 10 yillik, balki 80 yillik mana şunday bazani onlaynlaştirib, yana boşqa qiziqarli narsalarni ham havola qilsa bölarkan. Ilğor qozoq tajribasi-da, ha labbay?!”
Post tugadi.
👉 @xushnudbek 👈


