Muhim

Diqqat, firibgarlar: Telegram orqali garovsiz va past stavkali kredit olaman deb, bor budingizdan ayrilmang

Albom5-yanvar, 2024, 16:212 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzTelegramdagi «musodara qilingan tovarlar» guruhlari firibgarlik ekani, ularning maqsadi va odamlarni qanday aldaşi haqida tuşuntiriş berildi.

❗️Diqqat, firibgarlar: Telegram orqali garovsiz va past stavkali kredit olaman deb, bor budingizdan ayrilib ötirmang
#firibgar

Telegramda keng tarqalgan yana bir firibgarlik usullaridan biri bu osongina kredit beramiz, degan eʼlonlardir. Heç qanaqa garov kerakmas, iş joyidan hujjat şartmas, şunçaki bizga yozsang böldi, senga bir pasda falon million pul taşlab beramiz, deyişadi. Odamlar ham sodda, bunaqalarga tezda işonadi.

Umrida biron marta körmagan yetti yot begona odamga pasporti va plastik kartalarining rasmlarini yuboradi🤦‍♂️ Bundan ham dahşati bor: "kreditingiz çiqdi, endi uni rasmiylaştiriş uçun telefoningizga kelgan SMS kodni bizga ayting" desa, bunga ham çippa-çin işonib, SMS-kodni aytadi.

Undan keyin nima bölişini bilsangiz kerak-a? Töppa-töğri, plastikdagi barça pullarini “uxlatib” ketişadi. Ayrim firibgarlar esa, bu ham kamlik qilgandek, öşa odamning nomiga tezda bank orqali haqiqiy onlayn kreditni rasmiylaştirib, uni ham yeçib olişadi. Haligi sodda inson plastigidagi pulidan ayrilgani yetmagandek, yana bankdan qarzdor ham bölib qoladi.

Turli odamlarga kredit berilgani haqida xabarlar ham joylab turişadi. Ammo bularning barçasi töqima yolğon gaplar!

Keça "Onlayn kredit" degan guruh bor edi (rasmlarda), bugun öşa guruh nomini "Arzon tovarlar" deb özgartirib qöyişibdi. Keça osongina kredit beramiz deyişgandi, bugun arzon tovar sotamiz, deb xabar yozib yotişibdi. Mana şu ham ularning qip-qizil firibgar ekanligini körsatadi.

Telegramda bunaqa kanal va guruhlar tiqilib yotibdi, men bittasining rasmini joyladim xolos.

❗️Xullas, bunaqalarga işonmanglar, ozgina kallani işlatinglar.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek