Isroil mağlub etildi, qizlarimizda durang!
♟Isroil mağlub etildi, qizlarimizda durang!
Bugun şaxmatda juda hayajonli kun böldi!
Isroil terma jamoasiga qarşi öynagan yigitlarimiz dastlab hisobda ortda borişayotgandi. Afsuski, ustunlikka ega vaziyatda bittagina xato yuriş ortidan Javohir Sindorov kutilmaganda mağlub böldi.
Javohir öşa vaziyatda juda aqlli iş qildi: xato yurganini sezgaç, tezda taslim böldi, oxirigaça olib borib, vaqt çözib ötirmadi. Odatda bunaqa vaziyatlarda taslim bölişmaydi, raqib ham balki xato qilar, deb urinib köriladi. Ammo Javohir jamoadoşlariga signal beriş maqsadida öyinni öşa zahoti tugatib qöya qoldi.
Javohirning körgaç, yigitlarimizda qasos oliş ruhiyati paydo böldi. Yaxşi maʼnoda jahli çiqdi. Öyinlariga agressiya qöşişdi. Va natijasi tezda sezildi. Dastlab Nodirbek Yakubboyev qasos oldi va ğalaba orqali hisobni tenglaştirdi. Söngra Nodirbek Abdusattorov haqiqiy master-klass körsatdi va şaxmat darsliklariga kiradigan öta goʼzal yurişlar orqali raqibini butunlay tor-mor qildi.
Oxirida vaziyatni atayin nazoratida uşlab turgan Şamsiddin Vohidov durang qilsa ham yetarli bölişini bilgaç, maqsadiga heç bir qiyinçiliksiz yetdi va murosa yölini tanladi.
Şunday qilib, yigitlarimiz dramatik bahsda Isroil terma jamoasini 2,5-1,5 hisobida mağlub etdi!!!
Qizlarimiz ham bugun juda mardonavor jang ötkazişdi. Dunyoning kuçli terma jamoalaridan biri bölgan Niderlandiya bilan 2-2 hisobida durang qayd etişdi. Nodira Nodirjonova terma jamoamiz hisobiga qimmatli ğalabani olib kelgan bölsa, Afröza Hamdamova va Nilufar Yakubboyeva durang öynadi. Afsuski, Umida Omonova taslim böldi. Lekin Niderlandiya bilan durang ham yaxşi natija, albatta!
Ertaga tanaffus böladi. Öyinlar ertadan keyin davom etadi.
👉 @xushnudbek 👈
