Issiqxonalarni kömirga ötkaziş masalasi muhokama qilindi
Issiqxonalarni kömirga ötkaziş masalasi muhokama qilindi
Öz navbatida yiğilişda issiqxonalarni muqobil energiya (kömir)ga ötkaziş masalasi ham muhokama qilindi, deya xabar bermoqda ÖzA (@uzauz).
Sözga çiqqan tadbirkorlarning barçasi issiqxonalarni kömir orqali isitişga ötiş maʼlum vaqt talab etişi, buni avval har tomonlama örganib çiqiş, sinçkovlik bilan sinovdan ötkaziş, tijoriy tomonlarini hisob-kitob qiliş zarurligini taʼkidladi. Mazkur masala yuzasidan işçi guruh tuzilib, tegişli mutaxassislar va tadbirkorlar bilan birgalikda holatni batafsil örganib çiqiş yuzasidan topşiriq berildi.
Bunda işçi guruh har bir issiqxona kesimida ularning moliyaviy ahvolini örganib çiqib, tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş yuzasidan aniq asoslangan takliflar tayyorlaydi. Öz navbatida issiqxona yurituvçi tadbirkorlarga öz hosillarini nes-nobud qilmasdan yetiştirib olişi uçun zarur şaroitlar yaratiş maqsadida 1 kun içida tegişli manbalardan moliyaviy mablağ bilan taʼminlaş böyiça körsatmalar berildi.
👉 @xushnudbek 👈

