Toşkent şahri va unga tutaş 5 ta tumanda issiqxonalar uçun maxsus ekologik tartib joriy etilişi mumkin
❗️Toşkent şahri va unga tutaş 5 ta tumanda issiqxonalar uçun maxsus ekologik tartib joriy etilişi mumkin
Şavkat Mirziyoyev huzurida issiqxonalar faoliyatiga oid taqdimotda Toşkent şahri va unga tutaş 5 ta tumanda issiqxonalar uçun “yaşil” texnologiyalarga asoslangan maxsus ekologik tartib joriy etiş taklif qilindi. Bunda:
➖ Isitişda tabiiy gaz, elektr, geotermal va quyoş energiyasi, şuningdek, issiqlik elektr stansiyalarining ikkilamçi issiqligidan foydalanişga ruxsat beriladi;
➖ Şina, plastmassa, bitum, mazut, işlatilgan moy va çiqindilarni yoqişga yöl qöyilmaydi;
➖ Faqat qatʼiy texnik talablarga mos bölgan issiqxonalargagina qattiq yoqilğidan foydalanişga ruxsat berilişi mumkin;
➖ 2026-yil 15-oktabrdan kelgusi yil 15-martga qadar issiqxonalarda doimiy ekologik monitoring olib boriladi.
Davlatimiz rahbari mutasaddilarga issiqxonalarning joylaşuvi, energiya resurslari manbalari va yetkazib beriş hajmini aks ettiruvçi raqamli xaritani tayyorlaşni topşirdi.
👉 @xushnudbek 👈



