Fikr

Isteʼmolçilarga qulaylik yaratiş kerak

Matn12-may, 2022, 10:302 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzXushnudbek.uz Telegram kanalida yangi soʻrovnoma eʼlon qilindi. Kanal kuzatuvchilari oʻz fikrlarini bildirishlari mumkin.

​Isteʼmolçilarga qulaylik yaratiş kerak

Bir oyda qança elektr energiyasi işlatayotganingizni bilasizmi, deya kanalimizda ötkazilgan sörovda ovoz berganlarning 53 foizi xuddi men kabi bilmasligini aytişdi.

Biladiganlarning 36%i 100 kVt·soatgaça, 30%i 200 kVt·soatgaça, 19%i 300 kVt·soatgaça, 15%i 400 va undan ortiq kVt·soatgaça işlatişini bildirgan.

Nima uçun köpçilik oyiga qança işlatişini bilmasligining sabablari menga nomaʼlum. Lekin isteʼmolçiga bu maʼlumotlar yetkazilişi uçun yetarli şaroit bormi? Yoki albatta hamma kvitansiyalariga qarab, yoki har oy hisoblagiçidagi körsatkiçni biror joyga yozib olib yurişi kerak? Yoki şunçaki har oy tölayotgan pulidan kelib çiqib, taxminan hisoblaydimi?

Masalan, şu sörovni eʼlon qilgaç, özimizning uy böyiça oylar kesimida işlatilgan elektr energiyasi sarfini qidirişga harakat qildim. "Hududiy elektr tarmoqlari"ning saytiga kirsam, şaxsiy kabinetga kiriş huquqini (dostup) oliş uçun albatta korxonaga şaxsan boriş kerak ekan. 21-asrda bundan ham qulayroq va xavfsizroq identifikatsiya usullari bölgan bir zamonda, şaxsiy kabinetga kiriş uçun şaxsan özing korxonaga kel deyiş ğalati.

Hozir Kanadada yaşayotgan yurtdoşimiz Farhod Fayzullayev bu böyiça köp postlar yozadi. Masalan, mana bu yerda ularga xizmat körsatuvçi kompaniya har oy qança elektr va gaz isteʼmol qilayotganini avvalgi oylar bilan soliştirib maʼlumot yuborişini aytgan (pastdagi suratga qarang). Mana bu yerda esa har oy kommunal tölovlarga qança pul tölayotganingizni aniq körsatib hisobot yuborişlari yozilgan. Yaʼni siz har oy aniq körib turasiz, energiya isteʼmolingiz oşyaptimi yoki kamayaptimi? Oşgan bölsa, nima uçun? Nima qilsa, kamaytirsa böladi?

Nega bizda şunaqa xizmatlar yöq?! Nega biz aholiga energiya isteʼmoli madaniyatini şu kabi usullar bilan örgatmaymiz? Yoki boru, men topa olmadimmi?

Birorta sayt yoki mobil ilova orqali nisbatan oson (va şu bilan bir qatorda xavfsiz) usullar bilan har bir fuqaro özining elektr, gaz va boşqa şu kabilar böyiça har oylik, balki texnik imkoni bölsa har kunlik sarf-xarajatlarini körib boriş imkoniyatini yaratiş, agar isteʼmol oşib ketayotgan bölsa, unda buning sabablarini tahlil qilib, isteʼmolçiga foydali maslahatlar berib boriş kerak.

Töğri, bizda elektron poçtadan köpçilik foydalanmaydi, lekin heç bölmasa SMS yoki Telegram bot orqali şu kabi har oylik hisobotlarni yuboriş mumkinku. Faqat aholini energiyani isrof qilişda ayblayvermasdan, balki töğri tarğibotni yölga qöyib, odamlarga kerakli maʼlumotlarni berib boriş kerak.

Energetika vazirligi bu haqda boş qotirişi maqsadga muvofiq.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1156
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek