Muhim

Xonadonda elektr uskunalaridan ortiqça foydalanganda avtomatik tarzda öçirib qöyiş amaliyoti töxtatildi

Matn13-dekabr, 2023, 15:001 daqiqa0 koʻrish

Xonadonda elektr uskunalaridan ortiqça foydalanganda avtomatik tarzda öçirib qöyiş amaliyoti vaqtinça töxtatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda soatiga 4,5 kilovatt soatdan ortiqça elektr energiyasi işlatgan xonadon elektr taʼminotidan uzilişi haqida audioxabar tarqalgandi.

Energetika vazirligining maʼlum qilişiça, Hukumat qarorida isteʼmol yuqori bölgan joylarda isteʼmolçilarga 10 – 15 kVt quvvat doirasida çeklov kiritilişi mumkinligi belgilangan, biroq şu keça-kunduzdagi sovuq ob-havo şaroitida bu amaliyot vaqtinça töxtatilgan.

“Yaʼni, xonadon egasi elektr energiyasidan belgilangan meʼyordan ortiqça foydalanganda, hisoblagiç avtomatik tarzda öçirib qöyilmaydi”, – deyiladi rasmiy xabarda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek