Ijtimoiy tarmoqlarda qurilişlar mavzusidagi negativ postlar köpaygan
Ijtimoiy tarmoqlarda qurilişlar mavzusidagi negativ postlar köpaygan. Yoğingarçilik bölsa loy-balçiq, kun isisa çang-tözon kuzatilyapti. Vaziyat soğliq uçun xavfli darajaga yetib qoldi. Natijada aholining eʼtirozlari yanada kuçayib ketmoqda.
Mahallalar içkarisida boşlangan qurilişlar töxtab qolgan, bu esa u yerdagi aholiga qöşimça noqulayliklar tuğdirmoqda. Ayniqsa «snos» qilingan, «kotlovani» qazib qöyilgan va şu böyi töxtab qolgan quriliş maydonçalari çang-tözonidan taşqari içki yöllarni ham tösib qöygani haqida yozişmoqda.
Yaqinda boşlanadigan bahorgi yoğingarçiliklar mavsumigaça şu qurilişlar yo uyoqlik, yo buyoqlik bölgani yaxşi edi.


