Izoh: ayrim tuşunmovçiliklar bölayotgani uçun aniqlaştirmoqçiman
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzXususiy universitetlarga soxta hujjatlar bilan 2-5 kursdan öqişga kiritiş böyiça korrupsion sxemalar foş etildi.Izoh: ayrim tuşunmovçiliklar bölayotgani uçun aniqlaştirmoqçiman. Bu yerda tilga olingan 41 ming 812 raqami bu yanvardan iyulgaça bazaga kiritilgan umumiy talabalar soni. Ular orasida davlat oliygohlari ham bor, nodavlat oliygohlari ham bor. Bularning barçasi qinğir va korrupsion sxema bilan qabul qilingan, degani emas. Ularning katta qismi 1-bosqiçga qabul qilingan talabalar hisoblanadi. Aslida qonunçilik böyiça oktyabrdan keyin qabul mumkin emas, lekin aksariyat davlat va nodavlat oliygohlarda 1-bosqiçga kirib, lekin hali kontraktini tölamagan talabalarni HEMISga kiritişmaydi. Kontraktini keç tölagani uçun bazaga kiritilgan talabalar soni ham ança-munça. Bunda şaxsan men yomon narsa körmayman (ammo baribir buni ham öyin qilişmasligi uçun inson omilisiz avtomatlaştirilgan tizim yaratiş kerak).
Meni eng qiziqtiradigan masala: YUQORI BOSQIÇGA SOXTA HUJJATLAR orqali qabul qilingan talabalar masalasi. Ularning soni qançaligini bilmayman, menimça, buni örganmasdan va tahlil qilmasdan turib, heç kim bilmasa kerak. Balki 100 tadir, balki 1000 tadir, balki undan ham köp.
Barçasi tahlil qilinişi şart va zarur. Nima uçun minglab talabani yuqori kurslarga qöşib qöyişganining obyektiv va subyektiv sabablari örganilişi kerak.
Şu sababli yuqoridagi postda aytilgan raqamlarni töliq jinoiy faoliyat natijasidagi raqamlar, deb tuşunmasligingizni sörardim.
Asosiysi, qinğir yöl bilan yuqori kursga kirayotgan talabalar bormi? Bor! Ularning neçtaligini aniqlaş tergov, suriştiruv va boşqa şu kabi tahlilçilarning işi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars


