Fikr

Taʼlimda şahar bedarvozami?

Albom28-iyul, 2025, 18:342 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Taʼlimda şahar bedarvozami? Nahotki katta öyin va korrupsiyaga hamma tomoşabin bölib tursa?

Ijtimoiy tarmoqlarda sirtqi taʼlimga 2-3 kursdan qabul qilişga oid oçiqdan oçiq eʼlonlar köpaydi. Iya, qanaqasiga deb qiziqib qoldim va suriştiruvga tuşdim, şunday eʼlon berganlardan biri bilan mijoz sifatida boğlanib, tizim qanaqa işlaşini tekşirib kördim.

Aniqlaganlarim quyidagiça:

➖ turli konsalting firmalar Sizni 2-3-4 va hatto 5-kursdan sirtqi taʼlimga öqişga kiritişni vaʼda qiladi;

➖ röyxatda 50 dan ortiq yönaliş bor, istalganini tanlaşingiz mumkin, barçasi xususiy universitetlarda;

➖ 10 dan ortiq xususiy universitetlarning röyxatini ham berişadi, istalganini tanlang deb;

➖ firma xizmati haqi yönalişiga qarab taxminan 10 mln sömdan 30 mln sömgaça, lekin universitetga kontraktni özingiz tölaysiz, bu pul firma "xarajati" uçun xolos;

➖ sizning nomingizga Rossiya, Qirğiziston, Tojikiston, Qozoğistondagi oliygohlarda öqiyapti, degan soxta hujjat tayyorlaşadi. Lekin özingizga u hujjatni körsatişmaydi;

➖ öşa soxta hujjat bilan Sizni xuddi “perevod” qilganday Özbekistondagi xususiy universitetning yuqori kursiga olib kelib joylaşadi. Universitet şartnoma beradi, kontrakt pulini tölasangiz böldi, heç narsa bölmaganday 2, 3, 4 yoki hatto 5-kursdan öqişni boşlaysiz;

➖ bu jarayonga katta ehtimol bilan universitetlar ham aralaşgan böladi, çunki özini hurmat qilgan oliygoh albatta talabaning hujjatini tekşirib köradi, soxta hujjat bilan joylaşişga yöl qöymaydi. Lekin millionlab kontrakt tölaşga tayyor mijoz kelib turganda, universitetlar ham mana şu korrupsion sxemaga şerik bölmoqda;

➖ bular şunçaki sizni oliygohga joylab qöyişmaydi, balki vazirlikning HEMIS dasturiga “orqa sana” buyruq bilan kiritib ham qöyişadi. Lekin buning uçun avval kontraktni töliq tölaşingizni söraşadi;

Mendagi maʼlumotlarga köra, 2025-yil 1-yanvardan 3-iyulgaça 41 ming 812 nafar talaba HEMIS tizimiga kiritilgan, şundan 25 ming 821 nafari sirtqi taʼlimga qöşilgan. Qanaqa qilib??? Nahotki buni heç kim nazorat qilmagan???

Şu davr içida bitta xususiy universitet (nomini aytmayman, mayli) 3 va 4- kursga 3 ming 200 nafar talaba qabul qilgan, yana boşqa bittasi 1 ming 599 kişini yuqori kurslarga "HEMIS"ga kiritgan.

Bu ne sir-u sinoat, örtoqlar? “Oşkora qotillik qissasi”ga öxşab, kuppa-kunduz kuni jinoyat sodir etişsa, hammamiz tomoşabin bölib turamizmi? Qiziq-ku... Juda qiziq...

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek