Diplomatiya

Janubiy Koreya prezidentiga impiçment eʼlon qilindi

Foto14-dekabr, 2024, 14:461 daqiqa0 koʻrish

🇰🇷 Janubiy Koreya prezidentiga impiçment eʼlon qilindi

3-dekabr kuni mamlakatda harbiy holat eʼlon qilgan prezident Yun Sok Yolga qarşi impiçment uçun bugun, 14-dekabr kuni Janubiy Koreya parlamentining 204 nafar aʼzosi (umumiy deputatlarning 2/3 qismi) ovoz berdi.

Endilikda prezidentning vakolatlari töxtatiladi va vaqtinçalik prezident vazifasini bajariş boş vazir Xan Dok Su zimmasiga ötadi.

Şundan söng, Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi 180 kun (6 oy) içida işni körib çiqadi. Kengaşning 9 nafar aʼzosidan 6 nafari impiçmentni qöllab-quvvatlasa, prezident lavozimidan ozod qilinadi.

Konstitutsiyaviy sud impiçmentni tasdiqlasa, 60 kun içida mamlakatda yangi prezidentni saylaş uçun saylov bölib ötadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek