Janubiy Koreya parlamenti vaqtinçalik prezidentga ham impiçment eʼlon qildi
🇰🇷Janubiy Koreya parlamenti vaqtinçalik prezidentga ham impiçment eʼlon qildi
Bugun, 27-dekabr kuni mamlakat Milliy Assambleyasi (parlament)ning 300 nafar deputatidan 192 nafari impiçment (işonçsizlik) uçun ovoz berdi. Hukmron partiya deputatlari ovoz berişdan boş tortdi.
Prezident vazifasini bajaruvçi Xan Dok Su muxolif partiya vakillari tomonidan bildirilgan Konstitutsiyaviy sudning böşab qolgan örinlariga uç nafar sudyani tayinlaş haqidagi talabini rad qildi. Şu sababli Xan Dok Suga nisbatan impiçment eʼlon qilindi. Uşbu sudyalar amaldagi prezident Yun Sok Yolga nisbatan eʼlon qilingan impiçmentni tasdiqlaşi kerak edi.
Endilikda Janubiy Koreya boş vaziri örinbosari, strategiya va moliya vaziri Çoy Sang-mo konstitutsiyaga muvofiq prezident vazifasini bajaruvçi sifatida faoliyat yuritadi.
Maʼlumot uçun, joriy yilning 14-dekabr kuni mamlakatda harbiy holat joriy qilişga uringan prezident Yun Sok Yolga ham impiçment eʼlon qilingan edi.
👉 @xushnudbek 👈


