Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga kiriş uçun dastlabki imtihon bekor böldimi?
❓Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga kiriş uçun dastlabki imtihon bekor böldimi?
Xabaringiz bölsa kerak, 2018-yildan buyon JIDUga kiriş uçun alohida tartib örnatilgan edi. Unga köra, abituriyentlar testga kirişdan avval JIDUning özida içki imtihon topşirar va öşa içki imtihondan öta olganlargina testga kiritilardi.
Ammo joriy yilda bunday içki imtihon bölmaydiganga öxşaydi. JIDU rasmiy saytidagi maʼlumotda abituriyentlar hujjatlarini boşqa OTMlarga bölgani kabi 25-iyunga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali topşirişi va testga kirişi aytilgan.
Bundan kelib çiqadiki, JIDUga kiriş uçun alohida içki imtihon bölmaydi. Ammo 2018-yil 21-iyundagi PQ-3795-sonli Prezident qarori haliyam kuçida turibdi va unda dastlabki imtihon ötkazilişi belgilangan.
Juda qiziq. Undan ham qiziği JIDUning sahifalarida bu böyiça biror oğiz tuşuntiriş ham berilmagan. 5 yildan buyon amalda bölgan tartib bekor böldimi, agar bekor qilingan bölsa, bunga nima asos böldi, endi abituriyentlar dastlabki imtihon topşirmaydimi, şular haqida aniq va batafsil tuşuntiriş yoki bayonot berilişi kerak-ku. Qiyin işmasku.
Meni yana bir narsa eʼtiborimni tortdi. JIDU saytida qabul kvotalari ham keltirilgan. Demak, kvotalar tasdiqlanganmi? Unda nimaga eʼlon qilinmayapti? Yoki JIDU uçun alohida tasdiqlanganu, boşqalar uçun hali yöqmi? Yoki JIDU hali tasdiqlanmagan kvotalarni eʼlon qilganmi?
👉 @xushnudbek 👈


