Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari yuzasidan 24 soat içida şikoyat qiliş mumkin
Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari yuzasidan 24 soat içida şikoyat qiliş mumkin
#abituriyent
Ayni kunlarda yurtimizdagi OTMlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlar ötkazilmoqda. Köpçilik imtihon natijalarini qayerdan olsak böladi, deb söraşmoqda.
Natijalar ertasi kuni siz imtihon topşirgan OTM sahifalarida eʼlon qilinadi. Şu sababli öşa universitet sahifalarini kuzatib boring yoki qabul komissiyasi bilan boğlaning.
❗️BU MUHIM! Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari yuzasidan 24 soat içida şikoyat beriş mumkin xolos. Undan keçikib berilgan şikoyatlar körib çiqilmaydi. Şu sababli beparvolik qilmang, natijalaringiz bilan öz vaqtida tanişing.
👆Şaxsiy fikr: mana şu 24 soatlik muddatni notöğri deb hisoblayman. Bu xuddi atayin birov şikoyat qilmasin, deb qöyilgan muddatga öxşaydi. Turli sabablar va holatlar bölişi mumkin. Muddatni bemalol 3 yoki 5 kunga uzaytirsak ham biror joyimiz kamayib qolmaydi. Boz ustiga hozir imtihonlar oldingidek emas, hammasida videokameralar qöyilgan, tasvirlarni bemalol 3-4 kundan keyin tekşirsa ham böladi. Apellyatsiya uçun qisqa muddat belgilaşda heç qanaqa mantiq körmayapman.
Xullas, menimça, bu avvalgi korrupsion davrda qöyilgan muddat edi, endi buni özgartiriş payti keldi.
👉 @xushnudbek 👈


