Muhim

Kaxovka GES portlatildi

Albom7-iyun, 2023, 19:482 daqiqa0 koʻrish

❗️ Kaxovka GES portlatildi. Asosiy maʼlumotlar:

Voqea 6-iyun kuni soat taxminan 3:00 larda sodir bölgan. Xerson viloyatida GES portlatilişi oqibatida 8 ta aholi punkti suv ostida qolgan: Ukraina hukumati dambani Rossiya portlatganini aytmoqda, Rossiya nazoratidagi viloyat maʼmuriyati esa bu işni Ukraina uyuştirganini taʼkidlayapti.

Kaxovka GESi Ukrainaning yagona energiya tizimining Dnepr kaskadining yakuniy elementidir.

Ukraina Boş prokuraturasi Kaxovka GESiga qilingan hujum böyiça Ekotsid (ekologik tanazzulga olib keladigan xatti-harakatlar) hamda uruş qonunlari va odatlarini buziş moddalari böyiça jinoiy iş qözğatgan. Töğon buzilişi oqibatida Dnepr daryosida suv sathi kötarilgan va oqibatda aholi punktlari suv ostida qolgan.

"Kamida 16 000 kişi allaqaçon uyidan ayrilgan. Bu körsatkiç yana bir neça mingga oşişi mumkin", – dedi BMT boş kotibi Antoniu Guterreş.

Avvalroq Ukraina va harbiy ekspertlar Rossiya Kaxovka GES töğonini portlatib yuborişga tayyorlanayotgani haqida bir neça bor ogohlantirgandi. Moskva bunga javoban Kiyevni stansiya töğoniga raketa zarbasi berişga tayyorlanişda ayblagan edi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek