Muhim

Özbekiston fuqarolarining Rossiya armiyasi safida uruşda qatnaşgani yuzasidan tekşiruv boşlandi

Matn2-may, 2025, 17:322 daqiqa0 koʻrish

❗️Özbekiston fuqarolarining Rossiya armiyasi safida uruşda qatnaşgani yuzasidan tekşiruv boşlandi

Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonovning maʼlum qilişiça, Rossiya Qurolli kuçlari bilan şartnoma imzolab, Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşgan 1 ming 110 nafar özbekistonlik fuqaroga oid maʼlumotlar tekşirilmoqda.

Mazkur şaxslar nomi Ukrainadagi “Yaşaşni istayman” davlat loyihasi tomonidan eʼlon qilingan röyxatda keltirilgan edi.

TIV vakili: “Özbekiston fuqarolarining xorijdagi harbiy harakatlarda iştiroki qonunçilikda taqiqlangan. Agar bu tasdiqlansa, tegişli çoralar köriladi.”

Şuningdek, TIV vakili ayrim fuqarolarda Rossiya fuqaroligi mavjudligi haqidagi xabarlarga javoban Özbekistonda ikki fuqarolikka yöl qöyilmasligini eslatib ötgan.

❓Özbekiston qonunçiligi nima deydi?

➖ Jinoyat kodeksining 154-moddasiga köra, yollaniş, yaʼni nizolaşayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatçisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolaşayotgan davlat hududida doimiy yaşamaydigan yoki heç qanday davlat tomonidan qurolli kuçlar tarkibida rasmiy topşiriqni bajariş vakolati berilmagan şaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boşqa biron şaxsiy manfaatni közlab, özga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli töqnaşuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnaşiş uçun yollanişi 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

➖ Jinoyat kodeksining 154−1-moddasiga köra, Özbekiston fuqarosining çet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki şunga öxşaş boşqa organlariga xizmatga kirişi bazaviy hisoblaş miqdorining 300 baravarigaça (112,5 mln söm) miqdorda jarima yoki 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari, xizmatga yollanişi esa 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek