Kökdala tumanida sodir bölgan holat yuzasidan qöşimça maʼlumot

Matn6-avgust, 2025, 08:021 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz5-avgust kuni soat 22:20 larda Kökdala tumanidagi gaz töldiriş şoxobçasida yonğin çiqdi. FVB ekipajlari yonğinni bartaraf etiş işlarini olib bormoqda.

Kökdala tumanida sodir bölgan holat yuzasidan qöşimça maʼlumot

Keça, 5-avgust kuni soat 22:20 da Qaşqadaryo viloyati, Kökdala tumani, “Oltindala”  MFYda joylaşgan avtomobillarga gaz quyiş şoxobçasi hududida propan suyultirilgan gaz taşuvçi avtosisternadan propan saqlaş rezervuarga yoqilği tökiş vaqtida çaqnaş sodir bölib, yonğin kelib çiqqanligi töğrisida FVBga xabar kelib tuşgan.

5 ta yonğin-qutqaruv ekipajlari soat 22:22 da voqea joyiga yetib borib, yonğin soat 22:30 da qurşab olingan va soat 22:50 da öçirilgan.

Yonğin natijasida 1 ta avtosisterna va 10 kub propan suyultirilgan gaz saqlaş rezervuari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida avtosisterna haydovçisi yengil kuyiş tan jarohati olgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek