Qaşqadaryodagi «zapravka»da sodir bölgan portlaşda 6 kişi halok böldi
❗️Qaşqadaryodagi “zapravka”da sodir bölgan portlaşda 6 kişi halok böldi
Bugun, 8-iyun kuni soat 13:50 da Qarşi tumani “Çaman” MFYda joylaşgan maişiy gaz ballonlariga suyultirilgan gaz quyiş şoxobçasida portlaş sodir bölgan.
Yonğin soat 14:55 da öçirilgan. Hodisa oqibatda 6 nafar fuqaro halok bölgan, 5 nafari turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
Şuningdek, 4 ta avtomobil hamda 2 ta yer ostidagi yoqilği saqlaş rezervuari yonib zararlangan.
Prezident topşiriği bilan, boş vazir örinbosari O.Ramatov boşçiligida Hukumat komissiyasini taşkil etiş böyiça Vazirlar Mahkamasining farmoyişi qabul qilindi.
Hukumat komissiyasiga jabrlanganlarga yordam körsatiş, portlaş oqibatlarini bartaraf qiliş, baxtsiz hodisaning kelib çiqiş sabablarini aniqlaş hamda kelgusida bu kabi noxuş holatlarning oldini oliş çoralarini köriş vazifasi yuklatildi.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars



