Muhim

​ Kontraktda öqiyotan talabalar uçun XushnudbekUz kanali Mustaqillik taʼlim granti eʼlon qiladi

Matn18-sentabr, 2022, 19:321 daqiqa0 koʻrish

​❗️Kontraktda öqiyotan talabalar uçun XushnudbekUz kanali Mustaqillik taʼlim granti eʼlon qiladi

2 yil avval yaxşi niyatlar bilan MetsenatUz loyihasini boşlagandik. Loyihadan asosiy maqsad taʼlimga investitsiya kiritiş, ehtiyojmand talabalarga ilm olişlari uçun moddiy kömak beriş, jamiyatda metsenatlik (homiylik) madaniyatini şakllantiriş edi.

Allohga şukr, mamnuniyat bilan navbatdagi taʼlim grantini eʼlon qilmoqçimiz.

Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan XushnudbekUz Telegram kanali eʼlon qilgan taʼlim grantida 31 nafar talabaga 5 mln sömdan, jami 155 mln sömlik mablağlar tölab berişni niyat qildik.

ℹ️ Maʼlumot: uşbu grant uçun ajratilayotgan mablağlar XushnudbekUz kanalida eʼlon qilingan reklamalar hisobidan qoplanadi.

📲 ONLAYN ARIZA TOPŞIRIŞ

Taʼlim granti haqida maʼlumot:

Qaysi OTMlar uçun: barça davlat, nodavlat, diniy taʼlim muassasalari uçun
Qaysi bosqiç uçun: bakalavriatning barça bosqiçi
Qaysi taʼlim şakli uçun: kunduzgi, sirtqi, keçki va masofaviy
Qaysi jihatlarga ustunlik beriladi: özlaştiriş körsatkiçi yuqori, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va çin yetim, nogironligi bor talabalar.
Kvota soni: 31 nafar (buning 5 nafari TDYUU talabalari uçun)
Taʼlim granti miqdori: 5 mln söm (jami 155 mln söm)
Ariza topşirişning sönggi kuni: 30-sentabr

📲 ONLAYN ARIZA TOPŞIRIŞ

P.S.: arizalar töliqligiça elektron tizim orqali qabul qilinişi tufayli, mabodo hujjat topşirişda texnik muammo yoki tuşunmovçilik bölsa, mana bu yerda izohlarda yozib qoldirişingiz mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek