Pedagoglarning kontraktda öqiyotgan farzandlari uçun beriladigan 30 foiz çegirma haqida ayrim maʼlumotlar
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzPedagoglarning kontraktda öqiyotgan farzandlari 30 foizlik çegirma oliş uçun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza yuborişlari mumkin.Pedagoglarning kontraktda öqiyotgan farzandlari uçun beriladigan 30 foiz çegirma haqida ayrim maʼlumotlar
✅ Çegirma faqat DAVLAT oliygohida KUNDUZGI taʼlimda öqiyotgan talabalar uçun beriladi;
👥 Çegirma har bir farzand uçun alohida qöllanadi. Demak, bir neça farzand kontraktda öqisa, barçasi uçun alohida 30 foizlik çegirma beriladi.
📝 Çegirma oliş uçun kontrakt.edu.uz orqali ariza yuboriş kerak. Ariza 2 iş kunida körib çiqiladi va pedagogning farzandi ekanligi tasdiqlangaç, çegirma avtomatik qöllanadi.
❌ Quyidagilarga çegirma berilmaydi:
➖ oliy harbiy va harbiylaştirilgan taʼlim taşkilotlari uçun;
➖ nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari uçun;
➖ Özbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy taʼlim taşkilotlari va ularning filiallari uçun;
➖ qöşimça va tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt uçun;
➖ xorijiy hamkor OTMlarning qöşma taʼlim dasturlari asosida va fakultetlari uçun;
➖ keçki, masofaviy hamda sirtqi taʼlim şakli uçun.
🔁 Pedagog farzandlariga çegirma öquv yili uçun bir marotaba qöllaniladi. Demak, har yili qaytadan çegirma oliş mumkin.
❗️Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi pedagog toifasidan çiqarilgan taqdirda, keyingi öquv yilidan boşlab unga çegirma qöllaş töxtatiladi.
Ayrim savollarga javoblar:
❓Pedagog deganda kim tuşuniladi özi?
Javob: Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyunda 3849-raqami bilan röyxatdan ötkazilgan Pedagogik faoliyat bilan boğliq lavozimlar röyxatida 465 ta lavozim nomi tasdiqlangan. Uşbu 465 ta lavozimda kim bölsa, öşaning farzand(lar)i uçun 30 foizlik çegirma beriladi.
❓Maktabgaça taʼlim muassasalaridagi tarbiyaçilar uçun uşbu qaror qöllanadimi?
Javob: Ha, qöllanadi. Boğça tarbiyaçilarining kontraktda öqiyotgan farzandlari uçun ham 30% çegirma qöllanadi.
❓Oliygohlardagi tyutorlarning farzandlari uçun uşbu qaror qöllanadimi?
Javob: yöq, tyutorlar röyxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga çegirma berilmaydi.
❓Öquv markazlaridagi öqituvçilarning farzandlari uçun uşbu qaror qöllanadimi?
Javob: yöq, öquv markazlari röyxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga çegirma berilmaydi.
❓Töliq bölmagan grantda öqiyotgan (50% davlat granti, 50% kontrakt) talabaning kontrakt summasi uçun ham çegirma beriladimi?
Javob: ha, çegirma beriladi. 50% kontrakt qismi uçun 30% çegirma qöllanadi.
❓Qaror çiqqunga qadar 2026/2027 öquv yili uçun töliq yoki qisman kontrakt tölovini tölab qöyganlar uçun çegirma qanday hisoblanadi? Ortiqça tölangan summa qaytariladimi yoki keyingi yil hisobi uçun ötkaziladimi?
Javob: ha, tölab qöyganlar uçun ham çegirma qöllanadi va ortiqça tölangan summani istasa qaytarib olişi, istasa kelasi öquv yili uçun ötkazib yuborişi mumkin.
❓Pedagog xususiy taʼlim taşkilotida işlasa ham çegirma beriladimi yoki faqat davlat taʼlim taşkilotida işlaşi kerakmi?
Javob: xususiy taʼlim taşkilotida, masalan, xususiy oliygoh, xususiy maktab yoki xususiy boğçada işlayotgan pedagoglarning farzandlari uçun ham 30% çegirma beriladi.
👉 @xushnudbek 👈


