Tushuntirish

Kontraktni 4 qismga bölib tölaş imkoni bormi?

Matn9-sentabr, 2024, 18:091 daqiqa0 koʻrish

❓Kontraktni 4 qismga bölib tölaş imkoni bormi?

✅ JAVOB: Ha, 4 ga bölib tölaş mumkin.

OTM talabalariga öqiş uçun yillik tölovning töliq miqdorini teng uluşlarda tört qismga böliş yöli bilan ötkazişga ruxsat berilgan.

Bunda muddatlar quyidagiça:

25% qismini — 1-kursga tavsiya etilganlar 15-sentyabrgaça, ikkinçi va undan keyingi bosqiç talabalari uçun 1-oktyabrgaça;

50% qismini — 2025-yil 1-yanvargaça;

75% qismini — 2025-yil 1-martgaça;

100% qismini — 2025-yil 1-maygaça.

Tölov muddatlarini uzaytiriş ham mumkin. Bunda 1-kursga kirganlarning dastlabki muddatini uzaytiriş vakolati Davlat qabul komissiyasiga berilgan, qolgan hollarda OTM rektori muddat uzaytirişni özi hal qiladi.

kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborgan arizangiz tasdiqlansa, 4 ga bölib tölaş imkoni va muddatlari haqida maʼlumot çiqadi. Mana şu yerdan ham körib olsangiz böladi.

Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uçun tavsiyaviy xarakterga ega.

‼️ESLATMA: bölib tölaş imkoniyati super-kontrakt uçun ham amal qiladi. Lekin super-kontraktda öqimoqçi bölganlar dastlab 50% tölovni amalga oşirişlari kerak. Şundan keyingina ularni talabalikka qabul qiliş töğrisida buyruq çiqadi. 25% qoidasi faqat oddiy kontraktga taalluqli.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek