Muhim
Korrupsion jinoyatda ayblanayotgan sud raisining sudyalik vakolati töxtatildi
Matn12-may, 2025, 13:321 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
❗️Korrupsion jinoyatda ayblanayotgan sud raisining sudyalik vakolati töxtatildi
Andijon viloyati jinoyat işlari böyiça Xonobod şahar sudi raisi Yu.E. Jinoyat kodeksining 168- va 28, 211-moddalarining (firibgarlik hamda pora beriş) tegişli qismi bilan ayblanmoqda.
Boş prokuror uşbu sud raisini jinoiy javobgarlikka tortişga rozilik oliş uçun taqdimnoma kiritgan. Sudyalar oliy kengaşining xulosasi bilan Yu.E. ni jinoiy javobgarlikka tortişga rozilik berildi va uning sudyalik vakolati töxtatildi.
Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib çiqib, boşqa tafsilotlar oşkor qilinmadi.
"Faqat qayd etiladiki, ijtimoiy tarmoqlardagi aksariyat manbalarda tarqatilayotgan şu mavzudagi xabarlar börttirilgan bölib, barça holatlarga tergov yöli bilan aniqlik kiritiladi", — deyiladi Sudyalar oliy kengaşi matbuot xizmatining xabarida.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars


