Li Çje Myon Janubiy Koreyaning yangi prezidenti etib saylandi
🇰🇷Li Çje Myon Janubiy Koreyaning yangi prezidenti etib saylandi
Keça, 3-iyun kuni mamlakatda ötkazilgan navbatdan taşqari Prezident saylovida Demokratik partiya vakili Li Çje Myon 49,25 foiz ovoz töplab ğalaba qozondi.
Şavkat Mirziyoyev Li Çje Myonga tabrik maktubini yölladi hamda hamkasbini öziga qulay vaqtda Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelişga taklif etdi.
ℹ️ Maʼlumot uçun, Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yol ötgan yilning dekabr oyida mamlakatda harbiy töntariş uyuştirişga uringan va buning ortidan unga nisbatan impiçment eʼlon qilinib, vazifasidan uzil-kesil çetlatilgan edi.
Yangi saylangan prezident Li Çje Myon 2022-yilgi saylovlarda aynan Yun Sok Yolga atigi 1 foizdan kamroq ovoz bilan mağlub bölgandi.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars



