Mablağlaringizni töylarga emas, farzandingizga investitsiya qiling
❗️Mablağlaringizni töylarga emas, farzandingizga investitsiya qiling
Buxorolik Parviz Tuksanov SAT xalqaro imtihonida eng maksimal natija — 1600 ball töplagan birinçi özbekistonlik bölibdi.
Şavkat Mirziyoyev kuni keça bölib ötgan yoşlar bilan uçraşuvda Parvizni uşbu muvaffaqiyat bilan tabrikladi.
Menga eng yoqqan gaplarni zalda iştirok etgan Parvizning onasi aytdi. Jumladan, barça ota-onalarga taʼsirli murojaat bilan çiqib, şunday dedilar:
“Aziz ota-onalar, iltimos. Agar biz ortiqça xarajatlarni töy-dabdabalarga sarflamasdan, mablağlarimizni özimizning farzandlarimizga investitsiya qilsak, bu albatta yaqin kelajakda öz natijasini körsatadi. Buni öğlim misolida sizlarga tavsiya qilaman”.
Qaniydi, hamma şu gaplarga amal qilsa, hayotining oltin qoidasiga aylantirsa, gullab ketardikku.
P.S.: aytgança, SAT imtihonidan olingan sertifikat uçun abituriyentlarga kiriş imtihonida ball berilmaydi. Negadir eng nufuzli imtihonlardan biri bölgan SAT röyxatdan tuşib qolgan. Ötgan yili Şavkat Mirziyoyev SAT sertifikatini ham imtihonda tan oliş kerakligi haqida topşiriq bergandi. Lekin hozirgaça buning rasmiy asosi çiqmadi. Masʼullar joriy yilgi qabulgaça ulgurişarmikin?
- 3 Telegram Stars



