Muhim

Özbekistonda tadbirkorlarga 12 turdagi litsenziya va ruxsatnoma oliş talabi bekor bölişi kutilmoqda

Matn17-fevral, 2025, 11:031 daqiqa0 koʻrish

❗️Özbekistonda tadbirkorlarga 12 turdagi litsenziya, ruxsat beriş va xabarnoma oliş talabi bekor bölişi kutilmoqda

Özbekistonda tadbirkorlar uçun 12 turdagi litsenziya, ruxsatnomalar va xabarnoma oliş talabi bekor qilinişi mumkin. Qonun loyihasi birinçi öqişda qabul qilingan.

Oliy Majlisda qabul qilingan qonun loyihasi bu jarayonlarni soddalaştiriş va Davlat xizmatlari orqali ariza topşiriş imkoniyatini kengaytirişni közda tutadi.

Loyiha doirasida 3 ta kodeks va 5 ta qonunga özgartirişlar kiritiş, 4 ta litsenziya va ruxsatnomani xabardor qiliş tartibiga ötkaziş, ayrim ruxsatnomalarni bekor qiliş rejalaştirilgan. Bojxona kodeksidan baʼzi hujjatlar çiqarib taşlanadi, litsenziyalar esa birlaştiriladi.

Şuningdek, jarimalarning 50% qismini 15 kun içida, 70% qismini esa 30 kun içida tölanganda, qolgan summadan ozod qiliş mexanizmi joriy etiladi.

👉@xushnudbek👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek