Tushuntirish

Magistraturada öqiydigan hamma talaba-qizlarning kontrakti davlat tomonidan tölab beriladi

Matn24-avgust, 2022, 10:312 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzHukumat qarori bilan davlat OTMlari magistraturasida öqiyotgan xotin-qizlarning kontrakt summasini byudjetdan qoplaş tartibi tasdiqlandi.

Mana şu masala böyiça ayrim tuşuntirişlar:

➖ magistraturada öqiydigan HAMMA talaba-qizlarning kontrakti tölab beriladi. Ayrimlar faqat kam taʼminlangan ayollarga tölanadi, deb tuşunayotgan ekan. Yöq, unaqa emas.

Milliarderning qiziga ham, kambağalning qiziga ham, umuman HAMMAGA davlat tomonidan birdek tölab berilaveradi. Faqat 15-sentabrgaça ariza beriş kerak böladi. Masalan, qaysidir boy inson magistraturada öqiydigan qiziga kontrakt tölab berişni davlatdan söraşga xijolat bölib, özi tölaşni istasa, unda bemalol özi tölaşi mumkin. Ariza bermay qöya qoladi xolos;

➖ Ötgan yili magistraturaga qöşimça (super) kontrakt asosida kirgan xotin-qizlar joriy yilda 2-kurs uçun oddiy (bazaviy) kontrakt tölaşadi. Şu sababli ularning 2-kurs uçun kontraktlari ham davlat tomonidan qoplab beriladi. Ariza berişsa kifoya;

➖ Ayrimlar “OTMga ariza bergani borgandik, bizga bunaqa qaror kelmadi”, deb rad qilişyapti deyişmoqda. Endi bu bizga tekkan kasal. Bizda qonun, Prezident farmoni yoki Hukumat qarori çiqqan bölsa ham, toki yuqori turuvçi vazirlikdan ikki enlik xat kelmasa, “bizga bunaqa topşiriq kelmadi” deb turaveradi. Şunaqa paytlari beixtiyor örta asrlar Yevropasidagi “Vassalimning vassali mening vassalim emas”, degan qoida esimga tuşadi.

Mabodo sizga ham şunaqa deyişsa, unda mana bu manzildagi Hukumat qarorini yaxşilab öqib çiqişlarini söraşingiz mumkin:
https://lex.uz/docs/6156799

Yana ham maʼqulroği rektor nomiga ariza yozişga şoşilmang, yaxşisi 5-sentabrdan keyin öqişlar boşlangaç yozganingiz maʼqul. Ungaça hamma OTM tartibni yaxşi tuşunib oladi, degan umiddaman.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek