Tezkor

Magistraturada öqiyotgan barça xotin-qizlarning kontrakt-tölovlari qaytariş şartisiz qoplab beriladi

Matn16-avgust, 2022, 16:211 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚡️ Magistraturada öqiyotgan barça xotin-qizlarning kontrakt-tölovlari qaytariş şartisiz qoplab beriladi

Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) bilan davlat OTMning magistratura bosqiçiga tölov-kontrakt asosida qabul qilingan va taʼlim olayotgan xotin-qizlarning tölov-kontrakt summasini Davlat byudjeti mablağlari hisobidan qoplab beriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

✔️Nizomga köra, davlat OTMlarining magistratura bosqiçida öqiyotgan barça xotin-qizlarning kontrakt-tölovlari qaytariş şartisiz qoplanadi.

Bu tartib Prezident huzuridagi Davlat boşqaruv akademiyasi, Boş prokuratura akademiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasi uçun ham amal qiladi.

❗️Buning uçun talabgor 2022/2023 öquv yilidan boşlab öquv yili uçun tölov-kontraktning töliq summasini qoplab beriş yuzasidan özlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentabrgaça ariza bilan murojaat etadi.

⛔️ Tatbiq etilmaydi:
— 15-sentabrdan keçiktirib topşirilgan arizalarga;
— tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt tölovlariga.

📝 Arizalar 3 iş kunida körib çiqilib, röyxat şakllantiriladi.

Umumlaştirilgan talabgorlar röyxati 5 iş kunida tölov-kontraktlarni qoplab beriş uçun Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligiga (2023-yildan OTMning idoraviy mansubligiga köra tegişli vazirliklar va idoralarga) yuboriladi;

🗓 Tölov-kontrakt summasini qoplab beriş töğrisida joriy öquv yilining 15-oktabriga qadar tegişli OTM rektori (filial direktori) buyruği qabul qilinadi.

Yana qöşimça maʼlumot mana bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/15656

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek