Maktab direktorlari, ularning örinbosarlari va boğça rahbarlarining maoşi oşiriladi
❗️Maktab direktorlari, ularning örinbosarlari va boğça rahbarlarining maoşi oşiriladi
Bu böyiça Prezident farmoni qabul qilindi, deya xabar bermoqda maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova.
Farmonga köra:
➖ 2025-yil 1-sentyabrdan boşlab umumiy örta taʼlim taşkilotlari direktorlarining maoşi 20 foizga;
➖ direktor örinbosarlariniki 15 foizga oşiriladi;
➖boğçalar direktorlarining maoşlari III va IV guruhdagi umumiy örta taʼlim taşkilotlari direktori örinbosarlarining maoşiga tenglaştiriş orqali oşiriladi.
💰Bu orqali Respublikadagi 10 mingdan ortiq maktab direktorlari, 7 mingga yaqin boğça direktorlari hamda 35 mingga yaqin direktor örinbosarlarining iş haqi miqdorlari oşirilişiga erişiladi.
✅ 2026-yil 1-yanvardan boşlab umumiy örta taʼlim taşkilotlarining direktor jamğarmasi mablağlari hisobidan direktor va uning örinbosarlariga faoliyat samaradorligi körsatkiçlari (KPI) natijasiga köra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegişliça 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.
✅ Maktab xodimlarining mukofot puli miqdori mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining 75 foizigaça (amalda 50 foizgaça) etib belgilanmoqda.
🏫 Bundan taşqari, endilikda maktablarning böş turgan binolari ijarasidan tuşgan mablağlarning 75 foizi öşa maktab rivojiga sarflanadi (bungaça mablağlarning 40 foizi maktabda qolardi).
👉 @xushnudbek 👈


